Microsoft Word атмосфера doc


Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy holatlar va


Download 162.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.01.2022
Hajmi162.78 Kb.
#235212
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
atmosfera va suv resurslarini muhofaza qilish

Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy holatlar va 

uning oqibatlari. 

 

Havoning  kuchli  ifloslanishi  insonlar  sog'lig'iga,  qolaversa  barcha 



jonzotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bir kishi sutka davomida o'rtacha 25 kg havo 

bilan  nafas  oladi.  Havo  tarkibidagi  zarali  chang,  qurumlar,  zararli  gazlar  kishi 

organizmida  to'planaveradi.  Oqibatda  teri  va  ko'z  kasalliklari,  jigar  serrozi, 

qonbosimining  ortishi,  surunkali  bronxit,  enfizima,  nafas  qisish  va  o'pka  raki 

kabi  kasalliklarning  ko'payishiga  sabab  bo'ladi.  Bolalar  o'rtasida  umumiy 

kasallanishning ortishi qayd qilingan.  

 

Havoda  oltingugurt  oksidi  ko'p  bo'lishi  natijasida  kishilarda  bronxit, 



gastrit kasalliklari vujudga keladi. 

 

Atmosfera  havosining  ifloslanishi  o'simlik  va  hayvonlarga  ham  zarar 



etadi.  O'simlik  barglariga,  tuproq  va  suv  orqali  esa  ildiziga  o'tadi.  Ifloslangan 

havo  o'simliklarni  zararlab,  ularda  modda  va  energiya  almashinuvini  buzadi. 

Qishloq  xo'jalik  ekinlari  va  mevali  daraxtlar  ham  kam  hosilli  bo'lib  qoladi. 

Sanoat  va  transportdan  chiqqan  zararli  gazlar  fotosintez  jarayoniga  salbiy  ta'sir 

ko'rsatadi. Transpirasiyani 3 barobargacha qisqartiradi. 

 

Qayrag'och dalalarda 300-400  yil  yashasa, shahar parklarida 120-220  yil, 



avtomobil yo'llari atrofida 40-50 yil yashar ekan. 

 

Atmosferaning  ifloslanishi  hayvonlarga  ham  ta'sir  etib,  ularning 



zaharlanishiga, ba'zan esa nobud bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Hayvon turlarining 


kasallanib,  zaharlanib,  qirilib  ketishida  urushlarning,  xususan  AQShning 

Vetnamda,  Laosda  olib  borgan  urushlarida  kimyoviy  qurollarni  qo'llash  tufayli 

170 qush turidan hozir 24 qush turi, 55 sut emizuvchilar turidan 5 turi qolgan.      

       Atmosferaga  milliard  tonnalab  SO2  gazining  chiqarilishi  natijasida 

sayyoramizning  o'rtacha  harorati  1850  yilga  nisbatan  0,5oS  ga  oshganligi 

aniqlangan.  Agar  atmosferadagi  SO2  ning  miqdori  ortib  boraversa,  uning 

miqdori  2025  yilga  borib  0,0379%  ga  etishi  mumkin,  bu  esa  er  sayyorasi 

haroratini  1,8oS  gacha  ko'tarilishi  taxmin  qilinmoqda.  YEr  atmosferasi 

haroratining  o'sishi,  muzliklarning  erishiga,  suv  sathining  ko'tarilishiga  olib 

keladi,  bu  esa  ekin  maydonlarini  kamaytiradi,  yog'in-sochin  miqdori  ko'payib, 

iqlim o'zgaradi.  

 

Oxirgi  25-30  yil  ichida  kislotali  yomg'irlar  ayrim  davlatlarda  haqiqiy 



ekologik  falokatga  aylanib  qoldi.  Har  qanday  qazilma  yoqilg'i  yondirilganda 

chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga 

millionlab  tonna  chiqarilayotgan  bu  birikmalar  yomg'irni  kislotaga  aylantiradi. 

So'nggi  yillarda  AQSh,  Kanada,  Germaniya,  Shvesiya,  Norvegiya,  Rossiya  va 

boshqa  rivojlangan  davlatlarda  kislotali  yomg'irlar  ta'sirida  katta  maydondagi 

o'rmonlar  quriy  boshladi.  Bunday  yomg'irlar  tuproq  hosildorligini  pasaytiradi, 

binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'ligiga zarar etkazadi. 

 

Ayrim  hududlarda  havoning  harakatsiz  turib  qolishi  oqibatida 



kuzatiladigan  zaharli  tuman  “smog”  insonlar  sog'ligiga  o'ta  salbiy  ta'sir 

ko'rsatadi.  1952  yili  5-9  dekabrda  Londonda  yuz  bergan  smog  oqibatida  4000 

dan  ortiq  kishi  nobud  bo'lgan.  Fotoximik  smog  deganda  sanoat  va  transport 

chiqindi  gazlarning  quyosh  nurlari  ta'sirida  reaksiyaga  kirishib  xavfli 

birikmalarni  hosil  qilishni  tushuniladi.  Jumladan,  ozon,  formaldegid  va  boshqa 

birikmalarning  hosil  bo'lishi  va  miqdorining  ortishi  uzatiladi.  Yer  yuzida 

atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar 

ko'rilishi lozim. 

 

Amerikalik  meterolog  Luis  Battan  aytganidek:  “Yoki  insonlar  havodagi 



tutunni kamaytiradilar, aks holda tutun er yuzida insonlarni kamaytiradi”. 


 

Rivojlangan  mamlakatlarda  tashqi  muhitning  ifloslanishi  avtomobil 

dvigatellari  chiqarayotgan  zaharli  moddalar  tufayli  yuz  berayotir.  Ba'zi 

kapitalistik  mamlakatlarda,  masalan:  Yaponiyada  avtomobillarning  ko'pligi 

natijasida ko'cha  harakatini boshqaruvchi  polisiya  xodimi  har 2 soatda kislorod 

maskasini  almashtirib  turishga  majbur  bo'ladi.  Shu  sababli  ham  mutaxassislar 

avtomobillarni  “g'ildirakdagi  ximiyaviy  fabrika”  deyishadi.  Mashina  motori 

chiqargan  gaz  tarkibida  uglerod  oksidlari,  karbonat  angidrid,  aldegidlar,  azot 

oksidlari,  uglevodlar,  qo'rg'oshin  birikmalari  bo'lib,  ular  inson  sog'ligiga  salbiy 

ta'sir  ko'rsatadi,  uglerod  oksidlari  qondagi  gemoglabin  bilan  birikib,  uning 

kislorod  tashishi  funksiyasini  pasaytiradi.  Qo'rg'oshin  birikmasi  nafas  olish 

yo'llari orqali o'tib kishilarning yurak-qon tomirlarini shikastlar ekan. 

 

Atmosferaning  kosmosdan  ifloslanishi  kosmik  changlardan  sodir 



bo'lmoqda.  Yer sirtiga yiliga 10 mln.t. kosmik chang tushadi. Eng xavflisi olam 

fazosidan Yerga kelayotgan turli xil chang, meteor zarralari, radiasiya oqimlari. 

Vulqonlarning  otilishi  va  tog'  jinslarining  emirilishidan  atmosferaga  chiqqan 

turli xil zarralar bir necha yilgacha havoga suzib yurishi mumkin. Masalan: 1883 

yil  Karakatauda  (Indoneziya)  kuchli  vulqon  otilib,  atmosferaga  shunday  ko'p 

miqdorda  chang  zarralari  chiqqandiki,  u  8-24  km  balandligi,  16  km  qalinligi 

qoplab olib 5 yil davomida havoda uchib yurgan.  

 

O'zbekiston  Respublikasida  ham  atmosfera  havosining  ifloslanishi  eng 



asosiy  ekologik  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Aholi,  sanoat  va  transport 

yuqori  darajada  to'plangan  Toshkent  va  Farg'ona  iqtisodiy  rayonlari, 

metallurgiya,  kimyo  va  mashinasozlik  markazlari  bo'lgan  Olmaliq,  Toshkent, 

Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish 

darajasi ancha yuqori.  

 

Viloyatimiz hududida atmosfera havosiga o'z ta'sirini ko'rsatadigan 46600 



dan  ortiq  transport  vositalari  va  6700  dan  ortiq  yirik  qo'zg'almas  manbalar 

mavjud bo'lib, ulardan bir yilda o'rtacha 320000 tonnadan ortiq zararli moddalar 

atmosferaga  chiqarilmoqda.  Shundan  212,4  ming  t.  qo'zg'almas  manbalarga, 

108,2  ming  t.  qo'zg'aluvchan  manbalarga  to'g'ri  keladi.  Bundan  atmosfera 

havosini ifloslaydigan birinchi darajali ob'ektlarga quyidagilar kiradi:  



1. Muborak gazni qayta ishlash zavodi 55 ming t. 

2. Muborak gaz konlari unitar shu'ba korxonasi 5 ming t. 

3. Sho'rtan neft-gaz unitar shu'ba korxonasi 70 ming t. 

4. Sho'rtan gaz kimyo majmuasi 15 ming t. 

5. Muborak issiqlik elektr markazi 10 ming t.  

 

Bu  ob'ektlardan  atmosfera  havosiga  chiqadigan  zaharli  moddalar  viloyat 



bo'yicha 65 % ni tashkil etadi.   


Download 162.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling