Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/89
Sana02.08.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1664645
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
Bog'liq
Akilov 2012yil (1)

Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning mahkamla-
nishini tekshirish, yeyilgan rezina vtulkalarini o‘z vaqtida almashtirish, 
jipsltgini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Agar amortizator o‘z 
xossalarini yo‘qotgan va sirtida suyuqlik oqqan bo‘lsa, ta’mirlanadi, 
sinovdan o‘tkaziladi, so‘ng avtomobilga o‘rnatiladi.
Oldingi ko‘prik nosozliklarining eng ko‘p uchraydigani - g‘ildirak 
o‘rnatish burchaklarining buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk 
avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burchagi, yengil 
avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi, shkvorenning 
bo‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va 
yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy 
hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchak-
ning buzilishiga olib keladi.
1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o‘q bo‘yicha rul 
chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g‘ildirak gupchagi 
podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning 
qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati 
tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi o‘q balkasi 
va oldingi g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, 
g‘ildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va 
barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.


 99
5-bob.  BOSHQARUV MEXANIZMI 
Avtomobilni harakatlanishi davrida albatta yo‘lda harakat 
yo‘nalishini o‘zgartirish, tezlikni pasaytirish, to‘xtashi va to‘xtab turish
zaruriyati paydo bo‘ladi. Bularning hammasini boshqaruv mexanizmi 
ta’minlaydi, ya’ni u rul boshqarmasi va tormoz tizimini o‘z ichiga 
oladi. 
5.1. Rul boshqarmasi 
Rul boshqarmasi avtomobilni boshqarishda haydovchi tomonidan 
belgilangan yo‘nalishda harakatni ta’minlaydi.
Vazifasi. Rul mexanizmi boshqariluvchi g‘ildiraklarni yengil 
burishga imkon berish uchun, rul chambaragiga quyilgan burovchi 
momentni oshirgan holda rul soshkasiga yetkazib berish uchun xizmat 
qiladi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling