Microsoft Word Aytmatov qorayev chingizxon turklib uz rtf
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
attachment(4)
Bu dunyoni kim so‘raydi?
Men so‘rayman. Gavhar qilib, oyni osmonga ilaman. Qarab tur! Men yetmagan joy qutulgaymi? Qolmas, qolmas! Qochib birov qutulganmi? Qutula olmas! Qarab tur!
Qarab tur!
Baxtga qarshi, xuddi o‘sha kuni, tush paytida xonning farmoni oliylariga zid o‘laroq karvondagi bir ayolning bola tug‘ib qo‘yganligi haqidagi xabar Chingizxon qulog‘iga yetdi. Bolaning kimdan bo‘lganligi ma’lum emas emish. Bu xabarni ayg‘oqchi Arasan ko‘tarib kepti. Ko‘zlari chaqnab turgan, charchash nima ekanligini bilmaydigan, yerning ostida ilon qimirlaganidan xabardor qizil yuzli ayg‘oqchi bu gal ham birinchi bo‘lib xabar keltirdi: «Janobi oliylari, mening burchim bo‘lgan gapni senga yetkazib turishdan iboratdir, sening farmoni oliyingga qaramasdan shu voqeaning sodir bo‘lgani rost». Bu jir bosib ketganidan bo‘lsa kerak, xirillagan ovozda o‘z xabarini tugatdi ayg‘oqchi Arasan, shamolda so‘zlari yaxshiroq eshitilsin uchun uzangisi uzangisiga tegadigan darajada xoqonga yaqin kelib. Chingizxon ayg‘oqchining gaplariga ha deganda tushunavermadi, so‘z ham ochmadi. Qoyalarni o‘yib tarixiy so‘zlarni yozdirish fikri bilan band bo‘lganidan noxush xabarga o‘sha onda ahamiyat bermadi ham. So‘ngra voqeaning mohiyatiga yetgach ichidan zil ketdi. Chingizxon o‘zini haqoratlangan sezib, jim qoldi, alamini qamchi bosib otidan oldi. Otning shaxt bilan oldinga tashlanganidan mo‘ynali po‘stinining barlari hurkkan qushning qanotlari kabi shamolda lopillab ketdi. Xoqon bilan yonma-yon ketayotgan ayg‘oqchi Arasan nima qilishini bilmay qoldi — u xoqonning jig‘iga tegib ketmay deganday goh otining jilovini tortar, hokimi mutlaqning so‘zlarini yaxshiroq eshitib olish uchun u bilan yana otini qamchi bosib uzangima-uzangi bo‘lib olar edi. Ayg‘oqchi hech narsaga tushunmay qoldi — Chingizxonning bu qadar uzoq javob qaytarmagani sababiga aqli yetmadi, axir xoqon «ayol qatl etilsin» desa bas, qolganini bajo keltirishaveradi, — birpasda o‘sha ayolni haromzodasi bilan birgalikda aravaning o‘zidayoq gum qilib tashlashadi-qo‘yadi — farmoni oliyni oyoq osti qilganning jazosi shu. Uni kigizga o‘rab bo‘g‘ib tashlashsa bo‘ldi, o‘ladi-qoladi, — bu boshqalar uchun saboq. Birdan xoqon ayg‘oqchi tomonga keskin burilib: — O’sha qanjiq aravada tug‘ib olguncha, ikkiqat bo‘lib yurganini hech kim sezmabdimi? Yoki bilsa ham, bilmaslikka olibdimi? — deb edi, Arasan yuragi chiqqanidan, uzangisini tepib egarda tik turganini o‘zi ham sezmay qoldi. Ayg‘oqchi Arasan voqeaning qanday sodir bo‘lganini xonga tushuntirib bermoqchi bo‘lib endi og‘iz juftlagan edi, xon uning poyma-poy so‘zlarini qahr bilan kesib dedi: — O’chir! Oradan biroz vaqt o‘tgach xoqon jahd bilan so‘radi: — O’sha manjalaqining eri-ku yo‘q ekan, aravada tug‘ib olgan xotin kim ekan o‘zi — oshpazmi, go‘laxmi, molboqarmi? Xoqon tug‘ib qo‘ygan ayolning bayroqlarga gul tikadigan kashtado‘z ekanini bilib juda hayron qoldi, kimningdir bu ish bilan shug‘ullanishini, kimningdir shohona bayroqlarni bichib, zar bilan gullar solib bezab tikishini, shuningdek kimningdir xon etigini tikkanini yoki umr bo‘yi rohatini ko‘rib kelgan o‘tovlarning kimningdir oyoqqa turg‘izganini hech qachon o‘ylab ham ko‘rmagan ekan. Oldinlari bunday ikir-chikir, mayda narsalar haqida o‘ylashni o‘ziga ep ko‘rmagan edi. Nima bo‘pti — bayroq degani xoqonning qo‘shinlarida har doim bo‘lgan: askar qo‘nim olgan joylarda deysizmi, yurib ketayotgan otliq askarlarning qo‘llarida yoki ziyofat berilayotgan joylarda deysizmi, bayroqlar yoqib qo‘yilgan gulxanday xon kelishidan oldinoq yal-yal yonib hilpirab turgan. Hozir ham shunday — xoqonga oq yo‘l tilab bayroqdorlar otlarini gijinglatib hammadan oldin borishmoqda. Jahongir G’arbga tomon yurish qilib borayotgan ekan, o‘zgalarning bayroqlarini oyoq osti qilib, o‘z tug‘larini tikish ilinjida ketayotir. Shunday bo‘ladi ham. Dunyoni zabt etish uchun xoqon bilan birga borayotgan har qanday kishi bir oz bo‘lsa ham itoatsizlik qilsa, o‘lim jazosiga mubtalo bo‘ladi, vassalom. Itoat qildirish uchun jazolash bir kishining ko‘pchilik ustidan hukmron bo‘lishining hamishalik qurolidir. Lekin kashtado‘zning qilmishi aniq. U jazosini tortadi, biroq bu ishda yana kimdir arava yoki qo‘shinda yurgan biron yigit aybdor albatta... O’sha kim ekan? Endi Chingizxonning fe’li aynidi, qovog‘i osilib, rangi o‘chdi, silovsin ko‘zlariday qo‘rqinchlik ko‘zlarini o‘qraytirib, uzangini chiranib bosdi-da, egarda dong qotganday o‘tirib qoldi. Har qancha shoshilinch ishi bo‘lganlar ham xoqonning yoniga yo‘lay olmay qoldi, uning bu qadar jahli chiqishiga sabab o‘sha kashtachi bilan qandaydir o‘ynashining qatag‘on shartlarini buzib gunohi azimga qo‘l urganigina emas edi, bu voqea xoqonning dilida achchiq, o‘chmas va uyatli iz qoldirgan butunlay boshqa bir tarixni esiga soldi. Yoshligida bo‘lib o‘tgan voqeani eslab yurak-bag‘ri qon bo‘ldi. Otasiz o‘sgan Temuchin davri kelib Rub’i maskunning hukmroni bo‘lishini hech kim, hatto o‘zi ham xayoliga keltirmagan. O’shanda bo‘z bolalik paytida og‘ir bir isnodga qolgan. Bolaligidayoq ota-onalari unashtirib qo‘yishgan qaylig‘i Bo‘rteni uylanganiga bir oy bo‘lmasdanoq qo‘shni merkit qabilasi bostirib kelib o‘g‘irlab ketgan. Temuchin merkitlarga hujum qilib xotinini qutqarib kelguncha oradan talay kun o‘tadi, xon dunyoga hukmron bo‘lmoq, taxtda o‘tirib o‘z nomi-ni abadiy yuksaklikka ko‘tarmoq uchun, hamma o‘tgan narsalarni unutmoq uchun ko‘p ming qo‘shin bilan G’arbga yurish qilayot-gan hozirgi paytda ham o‘sha mudhish kunlarni eslashga yuragi betlamadi. O’shanda kechasi merkitlar uch kunlik qon-li jangdan so‘ng ayovsiz hujumga bardosh berolmay faqatgina o‘z jonlarini saqlab qolish uchun uyur-uyur yilqilari-yu, qarorgohlarini tashlab qasosdan qo‘rqib tum-taraqay qochib keta boshladilar. Qasos haqidagi qasamda bunday deyiladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling