Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet238/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Tovar - biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.
Naflilik - tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati.
Almashuv qiymati - bu biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.
Aniq mehnat -muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat.
Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qatьiy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Mehnat unumdorligi - ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi.
Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
Pul - ham turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalentlik rolini bajaruvchi maxsus tovardir. Qog’oz pullar esa shu tovar pulning vakilidir.
Bozor iqtisodiyoti - tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun - qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat yuritishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va haridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor obyekti - bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgak Moliyaviy aktivlardir.
Bozor subyekti - bozorning, ayirboshlash munosabatlarining Katnashchilaridir.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling