Microsoft Word baholash tartibi


Narx - bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Ulgurji narx


Download 2.89 Mb.
bet241/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Narx - bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Ulgurji narx - ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo’la ko’tarasiga sotilganda qo’llaniluvchi narx.
Chakana narx - tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda qo’llaniluvchi narx. Dotatsiyalashgan narx - davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx.
Demping narx - bozorda o’z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalaniluvchi narx.
Nufuzli narx - aholining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan tovarlarni sotishda qo’llaniluvchi narx.
Narx diapazoni - narxlar oralig’idagi farqning puldagi ifodasi.
Erkin narx - talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi.
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.
Hissadorlik jamiyati - ko’proq foyda olish maqsadida aktsiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Aktsiya - bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum hissasini qo’shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi kimmatli qog’oz.
Aktsiya kursi - qimmatli qog’ozlar bozorida aktsiyalarning sotiladigan narxi.
Obligatsiya - uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo’yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz.
Ta’sischilik foydasi - sotilgan aktsiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo’yilgan mablag’lar summasi o’rtasidagi farq.
Dividend - aktsiya egasi o’zlashtiradigan daromad turi.
Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari.
Aylanma kapital - unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to’liq iste’mol qilinadigan, o’z qiymatini aytilgan mahsulotga to’liq o’tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo’kotadigan qismi.
Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo’lib-bo’lib o’tkazib boradigan va ashyoviy-buyum shakli o’zgartirmaydigan qismi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling