Microsoft Word baholash tartibi


-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING SHAKLLARI. TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING AYLANISHI


Download 2.89 Mb.
bet95/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

10-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING SHAKLLARI. TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING AYLANISHI.


Reja:

  1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.

  3. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari.

  4. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.

  5. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi.

KIRISH


Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo’lishini, shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu mavzuning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.

1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari


Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo’nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to’g’risida ko’plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o’rin egallamoqda. Ularda ko’pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmokda.
Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik — bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo’lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling