Microsoft Word baholash tartibi


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar


Download 2.89 Mb.
bet120/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:

1. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.


2. Ichki va tashqi xarajatlar o’rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring.
3. O’rtacha doimiy, o’zgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ularning ahamiyatini tushuntirib bering.
6. Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring.
7. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqi nimada? Ularning shakllanish tartibini tushuntirib bering.
8. yalpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllarining turliligi foydaning taqsimlanish tartibiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
9. Foyda massasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni izohlab bering.
10. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o’rtasida qanday alohadorlik mavjud?
11. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o’zgaradi?
12. Tarif tizimi o’z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.

13-MAVZU. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES

Reja:
1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari.
2. Renta munosabatlari.
3. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari.
4. Agrobiznes va uning turlari.

Asosiy tayanch tushunchalar: Agrar munosabatlar, renta munosabatlari, differentsial renta, differentsial renta I, differentsial renta II, absolyut renta, monopol renta, undirma sanoatda renta, agrosanoat majmuasi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilma, agrosanoat integratsiyasi, agrobiznes.

KIRISH

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik organizm (xayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo’ladigan o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqiladi.


Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e’tibor yer rentasiga qaratiladi. Yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to’xtalib o’tilib, mavzu so’ngida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi.


Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling