Microsoft Word baholash tartibi


-chizma. Lorents egri chizig’i


Download 2.89 Mb.
bet192/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

18.1-chizma. Lorents egri chizig’i

Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% eng yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng.


Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorents egri chizig’i bilan mutlaq tenglik chizig’i o’rtasidagi yuzaning OG’E uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nolь)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar:
- kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
- ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
- tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
- ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va Jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.

3. Davlatning ijtimoiy siyosati

Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholining turli tabaqalari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat.
Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling