Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet236/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar (yer - suv, xom-ashyo, materiallar va boshqalar).
Kapital – ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda ishlatilib, o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablag’lari.
Yer-suv – tuproq unumdorligi, o’tloqlar, suvlar, o’rmon, qazilma boyliklardan iborat bo’lgan va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar.
Tadbirkorlik qobiliyati — insonda bo’lgan tashabbuskorlik, tashkilotchilik, novatorlik, iqtisodiy xavfdan, javobgarlikdan cho’chimaslik xislatlarining birligi.
Ishlab chiqarish jarayoni - kishilarning maqsadni ko’zlab amalga oshiriladigan faoliyati bo’lib, iste’mol uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan iste’mol qiymatlarini (naflilikni) yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan qiymatning o’sishi jarayoni.
Ijtimoiy ishlab chiqarish - o’zaro bog’liqlikda va doimiy alohada bo’lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning birligi.
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi - ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o’rtasidagi nisbat.
Zaruriy mahsulot - ishchi va xizmatchilarning zaruriy ish vaqtida yaratilgan va ishchi kuchini normay holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulot.
Qo’shimcha mahsulot - ishchi va xizmatchilarning qo’shimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulot bo’lib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismidir. Qo’shimcha mahsulot tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishlidir.
Ishlab chiqarish funktsiyasi - ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikni bildiradi.
Qo’shilgan kapital - ishlab chiqarishda mavjud band bo’lgan kapital miqdoriga yangi qo’shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining o’sgan qismi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling