Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet239/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Bozor infratuzilmasi - ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
O’tish davri - bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yanti iqtisodiy munosabatlarga o’tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari - bozor iqtisod iyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o’zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, demakdir.
Islohotlar kontseptsiyasi - ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo’nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo’llarining umumiy g’oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Talab - iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Talab egri chizig’i - grafikda narx va talabning hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatadi.
Talab qonuni - tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki harama -qarshi bog’liqlikni ifodalaydi.
Taklif - ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bo’lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.
Taklif egri chizig’i - narx va taklifning hajmi o’rtasidagi to’g’ridan -to’g’ri bog’liqlikning grafikdagi tasviridir.
Taklif qonuni - narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bevosita yoki to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni ifodalaydi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling