Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet45/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

4.4-chizma.Oltin va kog’oz pullarning o’zaro bog’liqligi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalent bo’lib emas, balki o’z egasining ko’lida foyda, daromad olish vositasi bo’lib xizmat qiladi, o’zidan-o’zi o’suvchi qiymatga, bir so’z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog’oz pullar ikkita tarkibiy kismga ajraladi: naqd pullar (qog’oz pul, tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel. sertifikat, to’lov talabnomalari va x.k.). Ularning tub xususiyatlari 4.5-chizmada aks ettirilgan.

4.5-chizma. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari


Bundan ko’rinadiki, pul kapital sifatida muomalada bo’ladi, unga qo’shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi.
Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va uning rivojlanishiga shart— sharoit yaratdi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallanadi.
Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.
Tovar - biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.
Naflilik - tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati.
Almashuv qiymati - bu biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.
Aniq mehnat -muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat.
Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qatьiy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling