Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’planib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (yer, suv, o’rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, pul mablag’lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari ham moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam alohadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
-
Iqtisodiy resurslar imkoniYatlar
|
|
|
Ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish
|
|
Extiyojlarning qondirilish
|
|
|
|
darajasi
|
darajasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |