Microsoft Word baholash tartibi


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 2.89 Mb.
bet63/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Asosiy tayanch tushunchalar:
O’tish davri - bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yanti iqtisodiy munosabatlarga o’tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari - bozor iqtisod iyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan choratadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o’zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, demakdir.
Islohotlar kontseptsiyasi - ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo’nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo’llarining umumiy g’oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:

  1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo’llari (modellari)ni ta’riflab bering. Ularning umumiy va o’ziga xos tomonlarini ko’rsating.

  2. O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish yo’li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?

  3. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish printsipining mazmunini batafsil tushuntiring.Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to’laroq bayon qiling.

  4. Respublikada iqtisodiyotni isloh qilish qanday yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi. Har bir yo’nalish bo’yicha o’zingizning fikr-mulohazalaringizni bildiring.

  5. Bozor munosabatlariga o’tishda iqtisodiy islohotlar o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yadi? Bu vazifalarning to’laroq tavsifini bering.

  6. Bozor iqtisod iyotini shakllantirish davrida davlatning yetakchilik faoliyati nimadan iborat ekanligini tushuntirib bering.

  7. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga yo’naltirilgan qanday davlat dasturlarini bilasiz? Ular bir-biri bilan qanday bog’langanligini tahlil qiling.

  8. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning mazmunini tushuntiring. Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yadi?

  9. Iqtisod iyotni modernizatsiyalash va isloh etishning asosiy ustuvor vazifalarini so’zlab bering.



Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling