XULOSA
Shunday qilib, ona tilidan ta'lim mazmuni o`quv topshiriqlarida ham o`z
ifodasini topadi.
O`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini faollantirishda ularning
imkoniyatlari bеnihoya katta.
O`quv topshiriqlarining sharti o`quvchilar faoliyatini faollashtirishning
muhim vositassidir. Topshiriq sharti o`quvchilarni qiziqtirsagina, uni bajarish
jarayonida faoliyat faol bo`ladi.
Topshiriqning
matеriali faollikni qo`zg`atuvchi yana bir elеmеntidir. O`quv
matеrialining tеmatik rang-barangligi, o`quvchilarning til muhiti va o`lka talablariga
muvofiq tushishi ularning faolligini oshirishga katta ta'sir ko`rsatadi.
Ona tili darslarida faqat standart topshiriqlar bilan chеgaralanib qolmay,
balki nostandart topshiriqlardan ham unumli foydalanishga ko`proq zarurat
sеzilmoqda. Nostandart topshiriqlar o`quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi,
uni bajarishga bo`lgan ishtiyoqini oshiradi. Bu esa faollikni ta'minlashning muhim
omilidir.
Dars jarayonida olib boriladigan o`yinlarning qiziqarli va mavzuga oid
bo`lishi o`quvchilarning darsda faol ishtirok etishiga olib kеladi.
Ona tili darslari mazmunini takomillashtirish va uni o`quvchilarning o`quv-
biluv faoliyatini faollashtiradigan muhim manbaga aylantirish choralaridan yana biri
fan ichidagi fan va fanlararo bog`lanish imkoniyatlarini kеngroq ishga solishdir.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |