Microsoft Word buyrak siydik
Download 240.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu№10: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi. Organizm faoliyatini boshqarishda buyrakning ahamiyati juda katta. Buyrak organizmdan parchalanish mahsulotlarini, ortiqcha suv, tuzlarni, ba’zi dorilarni chiqarib tashlaydi. Shunday qilib, bu a’zo suv- tuz almashinuvida , kislota asos muvozanatini boshqarishda, osmoregulyatsiya faol ishtirok etadi. Ichki muhit barqarorligini ta’minlaydi. Endokrin faoliyati rening, eritropoetit, urokinaza moddalarini ishlab chiqarishda namoyon bo’ladi. Buyrakning oqsil, yog’, uglivod, mineral tuzlar almashinuvida faol ishtirok etishi aniqlangan. Yangi tug’ilgan bolalarning buyragida ona sutining oqsillari parchalanadi. Buyrak, siydik naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv kanali siydik ajratish tizimiga kiradi. Buyrak-ajratish tizimining asosiy a’zosi hisoblanadi. Buyrak tanachasi tomirlar ichidan va ustidan o’rab turuvchi kapsuladan iborat. Kapsulaning visteral va parietal varaqlari farqlanadi. Buyrak tanachasida buyrakning endokrin apparati-yukstaglomerulyar apparat (YUGA) joylashgan.YUGA nefronlarda bo’lmaydi. Tomirlar chigali kapillyarning endotelisi, bazal membranasi va podositlar- buyrak kapsulasining visteral varag’I hujayralari bilab birga 3 qavatda iborat filratsion to’siqni hosil qiladi. Shu to’siq orqali kapsula bo’shlig’iga qon plazmasining tarkibiy qismlari filtrlanib o’tib, birlamchi siydikni tashkil etadi. Bu to’siq qonning shaklli elementlarini malekulyar massasi katta bo’lgan oqsillarni, immun tanachalarini fibrogen va boshqalarni o’tkazmaydi. Buyrak kasalliklarida bu to’siqdan shaklli elementlar va yirik oqsillar o’tadi, natijada protenuriya kuzatiladi. Proksimal bo’lim hujayralari silndrsimon shakilli bo’lib, birlamchi siydikning qarib 80 %ini qayta so’rilishini ta’minlaydi. Ayniqsa oqsil va qand tamomila so’riladi. Hujayralari proteolitik fermentlarni saqlovchi lizasomalarga boy bo’ladi. birlamchi siydikning qolgan qismi nefronning ingichka (hujayralar shakli yassi bo’ladi) va distal bo’limida (hujayralar shakli kubsimon bo’ladi) so’rilib, ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Buyrakning endokrin faoliyatini bajaruvchi hujayralarda renin eritropoetin, prostoglandin ishlanadi. Renin va eritropoetin, YUGA tarkibidagi hujayralarda ishlanadi. Prostoglandinlar buyrakning mag’iz moddasidagi interstitial hujayralarda ishlab chiqariladi. Zamonaviy nazariyaga ko’ra, asosan siydikhosil bo’lishida quyidagi jarayonlar ahamiyatlidir: 1)filtratsiya; 2)sekretsiya; 3)reabso’rbsiya. Bir kecha-kunduzda odam buyragida 1000 ml dan 2000 mlga yaqin birlamchi siydik hosil bo’ladi. Nefron nayralarida birlamchi siydik o’zgarishga uchrab, ikkilamchi siydikka ajraladi. Nefron naylariga qaytadan ko’p miqdorda suv, oqsil, glukoza, tuz ionlari so’riladi. Shunday qilib buyrakda siydik hozil bo’lishi 2 bosqichda kechadi. 1- bosqichda buyrak tanachalarida siydik ultrafilriratsiyasi ro’y beradi. 2-bosqichda nefron kanallari va yeg’uv naylarida rezurbsiya va sekretsiya kuzatiladi. Sog’lom odam kuniga 1,5 l gacha siydik ajratadi. Siydikning rangi och sariq, tiniq bo’ladi. siydik reaksiyasi kuchsiz kislotali yoki neytral bo’lib meyyorda pH 4,5- 8,0 bo’ladi. siydikning nisbiy solishtirma og’irligi qariyb 1020-1026 oralig’ida bo’lib, yeyilgan ovqat, ichilgan suyuqlik miqdoriga bog’liqdir. Ikkilamchi siydik tarkibiga asosan azot mahsulotlari parchalanishidan hosil bo’lgan machevina, siydik kislota, kurin asoslari, kreatinin, indikant va boshqalar aniqlanadi. Buyrak va siydik chiqarish sistemasi kasalliklarining asosiy klinik belgilari. Buyrak va siydik ajratish sistemasining o’ziga xos klinik belgilari: shish, siydik ajralishining o’zgarishi (diurez), siydik rangi va tarkibining o’zgarishi, arterial bosimning ko’tarilishi, bel sohasida og’riqlar va isitma hisoblanadi. . Siydik ajralishi (diurez)ning o’zgarishi- buyrak va siydik ajratish sistemasi kasalliklarining asosiy belgilaridandir. Shish odatda siydik ajralishining kamayishi-oligouriya (diurez 500 ml/ sutkasiga) bilan birga qayd etiladi. Siydik ajralishining to’satdan sezilarli kamayishiga (200ml/ sutkadan kam) tabiiy anuriya , buyrakning o’tkir yallig’lanishi, o’tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi zaharlanish, to’xtovsiz qusish va ich ketish, ya’ni ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi sabab bo’ladi. Anuriya yana o’tkir siydik tutilishi evaziga ham bo’lishi mumkin, bunday holatda siydik qopida bo’ladi, lekin ajralmaydi (siydik chiqaruv kanalining spazmida, siydik toshladi tiqilganda, siydik chiqaruv kanali o’smalarida; siydik qopi paralichida). Bunday hollarda siydik katetr orqali chiqarib yuboriladi. Siydik ajralishining ortishi (2000ml/ sutkadan ortiq)-poliuriya-shishning tezda qaytishiga sabab bo’ladi (hafli belgi bo’lib, buyrak yallig’lanishining boshlanishini bildiradi). Dizurik holat- og’riqli bo’lib, ayrim paytlarda siydik ajralishining tezlashgan hollari ko’proq siydik chiqaruv yo’llarining yallig’lanishi (sistit, uretrit, prostatit), ba’zan siydik qopi tosh kasalliklarida uchraydi. Siydik rangining o’zgarishi. Siydik bilan qon aralashishi-makrogematuriya buyrak- tosh kasalligida, ya’ni buyrak kolikasida kuzatiladi. Siydik og’riqsiz, to’satdan, ko’p miqdorda qon yoki qon laxtasi bilan ajralsa, buyrak o’smasini inkor etish lozim. Siydik rangi ayrim hollarda dori moddalarining qabul qilinishi hisobiga ham o’zgarishi mumkin. Siydikning rangi asosan siydik tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi o’zgarishiga bog’liq (urat tuzlari). Urat tuzlari qoldiqlarining siydikka tushishi siydik tiniqligini o’zgartirib, uni loyqalantiradi. Agar shu siydik tindirib qo’yilsa, tezda tiniq holatga keladi. Siydikda leykositlarning ko’payishi (leykositouriya) ham siydikning loyqalanishiga olib keladi, bunday siydik loyqalidi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Siydik tarkibining o’zgarishi laboratorik tekshirashlar natijasida aniqlanadi. Proteniuriya- siydik bilan oqsil ajralishi (Normadan ortib ketishi 50 mg/ sutkadan). Juda ko’p buyrak kasalliklari arterial bosimining ko’tarilishi bilan kechadi, harakterlisi diastolik bosimning ko’tarilishidir. Buyrak kasalliklarida kam uchraydigan klinik belgilardan biri bel sohasidagi og’riq va tana haroratining ko’tarilishidir. Glomerulonefrit-buyraklarning infeksiya tufayli kelib chiqadigan yallig’lanish kasalligi bo’lib,bunda asosan buyrak koptokchalari zararlanadi. Diffuz glomerulonefritning o’tkir va surunkali turi farqlanadi.O’tkir glomerulonefritda kasallik to’satdan boshlanib,sikl bilan o’tib Download 240.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling