Microsoft Word Cause&Effect uz docx


Download 198.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.03.2023
Hajmi198.95 Kb.
#1243383
  1   2   3
Bog'liq
Cause&Effect uz



Muammo va uning ta’siri haqidagi insholar qanday yoziladi? 
Yozishni 
boshlashdan 
oldin, 
yozmoqchi 
bo’lgan 
ma’lumotlaringizni,
g'oyalaringizni aniq tartibga solishingiz uchun ularni rejalashtiring. Qanchalik 
qo’shilishingingizni yoki qo’shilmasligingizni va nima uchun unday qilganingizni 
hal qilishingiz kerak. 5 daqiqa vaqt ajrating hamda o'z fikrlaringiz va misollaringizni 
rejalashtiring. 
Bu vazifani bajarish uchun 40 daqiqa vaqt ajratishingiz juda muhim, chunki 2-
topshiriqni yozish uchun olgan ball umumiy WRITING balingizning uchdan ikki 
qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, siz kamida 250 ta so'z yozishingiz va o'z 
fikrlaringizni to’liq holda bayon qilishingiz kerak. 
Rasmiy formatda yozishni unutmang, chunki bu akademik insho. 
Insho strukturasi 
I. 
Kirish qism: 
Savolni perefraza qilish; 
O’z fikringizni ifodalang; 
Asosiy qismda beriladigan mavzuni umumiy holda keltirib o’tish. 
II. 
Asosiy qism 1-paragraf: 
Savolda muammoning kelib chiqish sababini keltirib o’tish; 
Fikrni tushuntirib asoslab berish; 
Namuna keltirish. 
III. Asosiy qism 2-paragraf: 
Savolda muammoning ta’sirini keltirib o’tish; 
Fikrni tushuntirib asoslab berish; 
Namuna keltirish. 
IV. Xulosa qilish: 
Asosiy xulosani keltirib o’tish; 
Yozuvchi o’z fikrida qaysi fikrga ko’proq qo’shilsa sihora berib ketishi kerak. 
1-paragraf Kirish qismi 


Bunda siz ishni inshoning kirish qismi va savolini parafraza qilishdan boshlashingiz 
kerak. Savolni "parafraza" deganimda nimani nazarda tutayotganimni 
tushundingizmi? 
Bunda siz savolni sinonimlardan foydalangan holda o'z so'zlaringiz bilan qayta 
yozishingizni anglatadi. Siz savolni qaytadan nusxa ko'chira olmaysiz yoki savolda 
bir xil so'zlarni ishlata olmaysiz. Sinonimlardan foydalanib, so'z boyligingizni 
ifodalang va ko'rsating. Insho yozishni mashq qilayotganda sizga yordam berish 
uchun onlayn ma’nodosh so’zlar keltirilgan lug’at va kitoblardan foydalaning. Bu 
ajoyib vosita va ko'plab yangi so'zlarni o'rganishga yordam beradi. 
Keyingi bosqichda siz muammoga nisbatan o’z munosabatingizni bildirishingiz 
kerak: 
Quyidagilarga o’xshash frazalardan foydalanishingiz mumkin: 
First ly this essay will discuss... 
Secondly this essay will discuss... 
Quyida sizga kirish qism uchun kerakli 3ta qoida berilgan: 
• 
Savolni parafraza qilish; 
• 
O’z shaxsiy fikrini ifoda etish; 
• 
Asosiy paragrafda muhokama etiladigan mavzuni keltirib o’tish. 

Download 198.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling