Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 menga o‘xshardi, juda o‘xshardi. Hatto qo‘llari ham, kulgisi ham xuddi menikiga o‘xshardi. — Katta bo‘lganingda kim bo‘lasan? — deb so‘radim men qanday bo‘lmasin, o‘g‘limni gapga solmoqchi bolib. — Shofyor bo‘laman. — Mashinada yurishni yaxshi ko‘rasanmi? — Judayam... Qo‘l ko‘tarsam, hech kim meni mashinasiga chiqarmaydi... — Ertaga men seni o‘ynatib kelaman. Bo‘ptimi? — Bo‘pti. Men sizga o‘zimning oshiqlarimni beraman! — U oshiqlarni olib kelish uchun narigi xonaga chopib kirib ketdi. Deraza ortida samovar karnayidan o‘t chiqib turardi. Asal bilan Boytemir allanimalar haqida gaplashishardi. «Samadimizning nima deganini eshitganingdami, ichaging uzilardi», — dedi Boytemir quvonch bilan tarasha yorayotib. Qiziq, Asal ham aytarli biron narsa bo‘lmagandek xotirjamgina javob berdi: «Ha! U shunaqa, nimani ko‘rsa, shuni gapiraveradi!» Samad arxar terisidan yasalgan xaltachadagi oshiqlarini pishillab ko‘tarib keldi-da, oldimga sochib tashladi: — Tanlab oling, amaki! — deb u rang-barang bo‘yoqlarga bo‘yalgan o‘z boyligini namoyish qila boshladi. Men esdalik uchun bittasini olmoqchi bo‘ldim-u, ammo jur’at eta olmadim. Eshik ochilib, qaynagan samovarni ko‘tarib Boytemir kirdi. Uning ketidan Asal ko‘rindi. U choy damlaguncha, Boytemir bizning oldimizga yumaloq xontaxtani keltirib qo‘ydi-da, dasturxon yozdi. Biz Samad bilan oshiqlarni yig‘ishtirib, ularni yana xaltachaga solib qo‘ydik. — O‘z bisotini ko‘z-ko‘z qilayapti, ah, maqtanchoq! — deb sevib tortqiladi Boytemir Samadning qulog‘idan. Oradan sal o‘tmay biz samovar atrofida o‘tirib choy icha boshladik. Biz bir-birimizni go‘yo hech qachon ko‘rmagandek va bilmaydigandek o‘tirardik. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘zimizni xotirjam tutishga, kamroq gaplashishga tirishardik. Faqat Samadgina o‘zini erkin tutardi. U Boytemirning tizzasiga chiqib olib, pinjiga tiqilganicha boshini sarak-sarak qilib o‘ynardi. — U-uh, doim mo‘ylovingiz odamni qitiqlaydi-ya, dada! — deb tipirchilardi u va o‘zi unga yopishib chakkasini mo‘yloviga tegizar edi. — Ehtiyot bo‘l, choyga kuyib qolasan! — deb ogohlantirdi Boytemir. Hali bu go‘dak atrofida o‘tirgan biz kattalarning har birimiz hozir o‘z o‘y-xayollarimiz bilan band ekanligimizni fahmlamas edi. Bizning takdirimiz bugun favqulodda to‘qnashib qolishi kimningxayoliga kelibdi deysiz. Bularning hammasi nima bilan tugallanarkan?.. Boshqa odamni «dada», deb erkalanayotgan o‘z o‘g‘lim bilan yonma-yon o‘tirish menga oson deysizmi? Visolida qanchalar azob va iztirob chekkanim Asal, mening aziz Asalim ro‘paramda o‘tirgan bo‘lsa-yu, ko‘zlariga tik qarashga jur’at eta olmasam. Qanday qilib bu yerga kelib qoldiykin u. Sevib qolib turmushga chiqdimikin? Go‘yo men unga mutlaqo begona, mutlaqo notanish kishidek, u o‘zini tanimaslikka solayotgan bo‘lsa, men buni qayoqdan bilayin axir? Nahotki u mendan shu qadar nafratlangan bo‘lsa? Boytemir-chi? Nahotki u mening aslida kim ekanligimni payqamayotgan bo‘lsa? Samad ikkimiz bir-birimizga o‘xshashimizni nahotki sezmayotgan bo‘lsa? Nega u dovonda mashinani shatakka olganimizdagi uchrashuvimizni hatto eslamadi ham? Yo unutdimikin?.. Uyquga yotganimizda men o‘zimni yanada og‘irroq sezdim. Menga shu yerning o‘ziga, kigiz ustiga o‘rin solib berishdi. Men devorga qarab yotardim, chiroq piligi xiyol pasaytirilgan. Asal bo‘lsa idish-tovoqlarni yig‘ishtirmoqda edi. — Asal! — deb chaqirdi Boytemir sekingina qo‘shni xonaning qiya ochiq turgan eshigidan. Asal uning oldiga bordi. — Ko‘ylagini yuvib qo‘ysang bo‘lardi, — dedi u. Asal stuldan qonga belangan katak-katak ko‘ylagimni oldi-da, yuva boshladi. Biroq shu zahotiyoq yuvishdan to‘xtadi. Boytemir tomonga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling