Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc
Download 372.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Sarvqomat dilbarim Ch.Aytmatov
www.ziyouz.com kutubxonasi
65 Men Samadni yerga o‘tqazdim-da, oyoqlarini oq-qora chilvir bilan tushovladim, yoniga qaychini keltirib qo‘ydim. So‘ng hovlining narigi chekkasida turgan bolalarga qarab buyruq berdim: — Kimki birinchi bo‘lib chopib kelib chilvirni kessa, o‘shanga birinchi bo‘lib mukofot beriladi, qolganlarga esa navbat bilan ulashiladi. Qani, boshlanglar, bolalar!— deb qo‘l siltadim. Xuddi poygaga qo‘yilgan arg‘umoqlar singari bolalar bizning «hoy-huv» va shovqin-suronimiz ostida qiyqirishib chopa ketishdi. Chilvir kesilib bo‘lgandan keyin Samadga qarab: — Qani, o‘g‘lim, chopqillayver endi! — dedim. — Uni qo‘lidan ushlab olib yuringlar, bolalar! Ular Samadning qo‘lidan tutishdi, u ham bolalar bilan chopib ketdi. Men esa ularning orqasidan, hech kimga murojaat qilmasdan, beixtiyor gapirib yuboribman: — Odamlar! Mening toychog‘im chopqillab yurib ketdi! U tulpordek ildam bo‘lsin! Samad bolalar ketidan chopqillab bora turib, orqaga qayrilib: «Dada!» dedi-da, dumalab tushdi. Biz Asal bilan ikkimiz baravariga unga tomon tashlandik. Men Samadni yerdan ko‘tarib olganimda, Asal birinchi marta menga: — Jonim! — dedi. Shu kundan boshlab biz er-xotin bo‘lib qovushdik. Qishda o‘g‘ilchamizni olib ovulga, chol-kampirlar oldiga borib keldik. Ular bizdan juda xafa edi, biroq keyinchalik kechirishdi, duo qilishib fotiha berishdi. Kunlar birin-ketin sezilmay o‘tib borardi. Samad besh yoshga to‘ldi. Biz Asal bilan juda ahil, juda inoq yashardik, faqat birgina narsa haqida og‘iz ochmas va eslamas edik. Asal u hakda o‘ylarmidi, yolg‘iz qolganda uni eslab o‘y-xayollarga berilarmidi, buni bilmayman, biroq biz go‘yo gap-so‘zsiz dilimizda o‘zaro shartlashib qo‘ygandek edik: biz uni tanimaymiz, biz uchun u odam yo‘q va bo‘lmaydi ham... Ammo inson ko‘ngli nimalarni istamaydi deysiz. Buning ustiga yana shunday narsalar ham borki, ulardan qochib qutula olmaysan. U yaqindagina bu yerlarda paydo bo‘lib qoldi. Bir kuni kechasi yo‘lda avariya bo‘lib qoldi. Yordamchim bilan ikkovimiz nima bo‘lganini bilish uchun yugurdik. Ehtimol, biror baxtsizlik yuz bergandir. Yetib keldik. Allaqanday yuk mashinasi yo‘l chekkasidagi ustunlarga tumshug‘i bilan kelib urilibdi. G‘irt mast shofyor hushidan ketib taxtadek qotib yotardi. Men uni tanidimu, ammo ismini eslayolmadim. U bir kuni bizni falokatdan qutqargan va mashinamizni shatakka olib, dovonga olib chiqib qo‘ygan edi. Do‘landa esa mashinani shatakka olib yurish hazilakam ish emasdi. Ilgarilari bu yerda bunday ish qilish u yoqda tursin, hatto hech kimning xayoliga ham kelmasdi. Bu shofyor bo‘lsa, tirishqoq, dovyurak yigit ekan, har qancha og‘ir bo‘lsa ham mashinamizni uchastkagacha sudrab olib keldi. U menga juda yoqib qoldi, ko‘nglimdagidek yigit ekan. O‘sha voqeadan keyin allakim birinchi bo‘lib dovondan pritssep bilan o‘tmoqchi bo‘lib-di, maqsadiga erishishiga oz qolgan ekanu, ammo uddalay olmabdi. Pritsepni yo‘l yoqasidagi ariqqa tushirib yuboribdi-da, tashlab ketib qolibdi. Men o‘shanda o‘sha dovyurak yigitning ishi emasmikin, deb xayoldan o‘tkazgan edim. Mard kishining o‘z maqsadiga erisha olmaganiga juda achingan edim. Ammo o‘sha voqeadan keyin dovondan pritsep bilan o‘tadigan bo‘lishdi. Yigitlar mashina va pritseplarni sharoitga moslashtirib juda to‘g‘ri ish qilgan edilar. Vijdonan aytsam, bu yigit Asal tashlab ketgan kishi ekanini bilmasdim. Agar bilganimda ham baribir shunday qilgan bo‘lardim. Men uni uyga sudrab olib keldim, shunda hammasi oydinlashdi- qo‘ydi. Eshikdan o‘tin ko‘tarib kirib kelgan Asalning ko‘zi unga tushdi-yu, qo‘lidagi o‘tinlari polga sochilib ketdi. Ammo go‘yo birinchi marta uchrashayotgandek, birortamiz ham sir boy bermadik. Ayniqsa men o‘zimni qo‘lga olishim kerak edi, chunki ehtiyotsizlik qilib biron noo‘rin so‘z aytib yoki nojo‘ya harakatim bilan ularning ko‘ngliga tegib ketmaslikka intilardim va ularning bir-birovlarini tushunib olishlariga xalal bermaslik uchun o‘zimni tutishga harakat qilardim. Endi men hech narsani hal eta olmasdim. Endi hamma gap ularning o‘zlarida qolgandi: ular orasida o‘tmish kechmishlari, men bag‘rimga bosib va erkalab karavotda olib yotgan o‘g‘illari bor edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling