Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

 
IKKINCHI BOB 
Qorovultog‘ cho‘qqisidan hammayoq yaqqol ko‘rinib turardi. Bola qorni bilan yotib olib durbinni 
ko‘ziga to‘g‘riladi. Bu o‘tkir dasht durbini edi. Qachonlardir boboga qorovulxonadagi uzoq yillik 
xizmatlari uchun mukofotga berishgandi. Chol durbinni olib yurishni yoqtirmasdi. O‘zimning 
ko‘zlarim undan qolishmaydi, derdi. Biroq durbin nabirasiga yoqib qoldi. 
Bu safar u tog‘ga durbin va portfel bilan birga keldi. Boshda hamma narsa yumaloq oynachada 
sakrab aralashib ketaverdi, keyin birdan tinikdik va turg‘unlik kasb etdi. Mana shunisi hammasidan 
zavkdi edi. Bola topilgan fokusni buzib qo‘ymaslik uchun nafasini ichiga yutar, manzaralarni go‘yo 
o‘zi yaratayotgandek mahliyo boqardi. Keyin u nigohini boshqa nuqtaga tikdi, yana hamma narsa 
aralashib ketdi, tiniqlik yo‘qoldi. Bola yana okulyarni aylantirishga tushdi. 
Bu yerdan atrofdagi hamma narsa, hatto osmono‘par yuksak qorli cho‘qqilar ham ko‘rinib turardi. 
Ular hamma tog‘larning ortida, hamma tog‘lardan baland, butun yer uzra yuksaklikka bo‘y cho‘zgandi. 
Qorli cho‘qqilar poyidagi o‘rmonzor tog‘lar, pastroqdagi serbarg butazorlar, yuqorida qalin 
qarag‘ayzorlar bilan burkangan tog‘lar ham ko‘rinib turadi. Kunga qaragan Kungay tog‘i ham shunday 
edi; Kungayning pastki tomonlarida o‘tdan bo‘lak hech nima o‘smasdi. Tog‘ning ko‘lga qaragan 
tomonidan yanada pastroq tushilganda nuqul mayda toshlar ko‘chmasiga duch kelinardi. Bu 
ko‘chmalar vodiyga quyilib tushgan, vodiy esa ko‘l bilan tutashib ketgandi. Bu tarafda dalalar, bog‘lar, 
qishloqlar yastanib yotardi... Yam-yashil ekinzorlarning u yer-bu yeri sarg‘ish tus olgan, o‘rim payti 
yaqinlashyapti. Yo‘llarda zig‘irday ko‘rinayotgan mashinalar xuddi sichqonlardek g‘izillar, ular 
orqasidan uzun dum - chang-to‘zon ko‘tarilardi. Dalaning arang ko‘z ilg‘ab oladigan uzoq chekkasida, 
qumlokdan, tasma tortgan qirg‘oq ortida ulkan ko‘l to‘q samoviy rangda tovlanardi. Bu - Issiqko‘l. U 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling