Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

YeTTINCHI BOB 
 
Saharda bola qo‘l sharpasidan uyg‘ondi. Bobosining qo‘llari sovuq, daladan kelgandi. Bola 
beixtiyor junjikdi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
- Yot, yotaver. - Bobo kuflab qo‘llarini isitdi, uning peshanasini siladi, keyin kaftini uning 
ko‘kragiga, qorniga qo‘ydi. - Tobing qochgan shekilli, - achindi bobo. - Issig‘ing bor. Men shunchaki 
yotibsan deb o‘ylabman. Maktab vaqti ham bo‘ldi. 
- Men hozir, hozir turaman, - bola boshini ko‘tardi, shu payt hamma narsa ko‘z o‘ngida gir 
aylanib ketdi va quloqlari g‘uvulladi. 
- Turishni xayolingga ham keltirma. - Bobo bolani yotqizdi. - Sen kasalni maktabga kim olib 
boradi? Qani, tilingni ko‘rsat-chi. 
Bola o‘zinikini ma’qullashga urinib ko‘rdi: 
- Muallima urishadi. Darsni qoldirganni juda yomon ko‘radi u... 
- Urishmaydi. Men o‘zim aytaman. Qani bo‘l, tilingni ko‘rsat. 
Bobo diqqat bilan bolaning tili va tomog‘ini ko‘rdi. Tomir urishini uzoq kuzatdi: bobosining qora 
mehnatda qotib ketgan qattiq qo‘llari bolaning issiq, terga botgan qo‘llaridan tomir urishini arang tutib 
oldi. Chol nimagadir ishonch hosil qildi-da, tinchlantirgan ohangda dedi: 
- Xudo mehribon. Ozgina shamollabsan, xolos. Sovuq o‘tgan. Bugun to‘shakda yotib tur
uyqungdan oldin men sening tovoning bilan ko‘kragingga issiq dumba yog‘i surtib qo‘yaman. 
Terlaysan, xudo xohlasa ertalabgacha otdek bo‘lib ketasan. 
Kechagi voqealarni va yana o‘zini nimalar kutayotganini eslab, cholni g‘am bosdi, nabirasining 
to‘shagida o‘tirib xo‘rsindi va o‘ylab qoldi. 
- Xudo podsho, - shivirladi xo‘rsinib turib. - Qachon tegdi senga bu kasal? Nega aytmay yurding? 
Kechqurun chog‘i? 
- Kechga yaqin. Daryoning sohilida bug‘u ko‘rganim-da. Men siz tomonga chopdim. Shundan 
keyin sovqotib ketdim. 
Chol nima uchundir aybdor ohangda dedi
- Ha, mayli... Sen yot, men esa boray. U o‘rnidan turdi, lekin bola uni to‘xtatib: 
- Bobo, o‘sha Shoxdor ona bug‘uning o‘zi-a? Xuddi sutday oppoq, ko‘zlari mana bunday, xuddi 
odamga o‘xshab qaraydi... 
- Tentakkina, - jilmaydi Mo‘min chol. - Ha, sen aytgandek bo‘la qolsin. Balki u o‘sha karomatli 
ona bug‘udir, - dedi u past ovoz bilan, - kim bilsin? Men o‘ylaymanki... 
Chol gapini tugata olmadi. Eshik oldida kampir paydo bo‘ldi. U hovlidan shoshilib kirdi, nimanidir 
payqagan edi. 
- Huv anuv yoqqa bor, chol, - ostonadan turib ga-pirdi kampir. Mo‘min bobo shu zahoti birdan 
qalbi cho‘kib, biron yeri lat yegandek, achinarli bir holga tushib qoldi. 
- U yoqda odamlar yog‘ochni daryodan mashina bilan chiqarmoqchi bo‘lishyapti, - dedi kampir. - 
Sen albatta bor, nima buyurishsa qil... Voh, esim qursin, sut hali pishirilgani yo‘q-ku, - kampir xatosini 
payqadi-da, plitaga o‘t yoqib, idish-tovoqni taraqlatishga tutindi. 
Cholning qovog‘i osildi. Unga qandaydir e’tiroz bildirgisi, nimanidir aytgisi kelardi. Lekin kampir 
og‘iz ochirgani qo‘ymadi. 
- Nimaga endi turib qolding? - g‘azabga mindi kampir. - Nimaga o‘jarlik qilyapsan? Sen bilan 
menga kim qo‘yibdi o‘jarlikni, boshimga bitgan balo bo‘lding-ku. Ularga qarshi turishga qanday 
holing bor? Ana O‘razqulning oldiga qanaqa odamlar kelishdi. Mashinalariyam antiqa. Ortsanglar 
bo‘ldi, o‘nta yog‘ochni tog‘ma-tog‘ olib keta oladi. O‘razqul esa bizga qiyo boqmay qo‘ydi. Men uni 
ko‘ndirish uchun qanchalik harakat qilmadim, qanchalik o‘zimni yerga urmadim. Qizingni ostonaga 
yo‘latmadi. Pushtsiz qizing Seydahmadnikida o‘tiribdi. Ko‘zlari shishib ketgan. U ham seni miyasi 
achigan chol deb qarg‘ayapti... 
- Yetar endi, - chol chiday olmadi va eshikka yo‘l olarkan, dedi: - qaynoq sut ber, bolagina kasal 
bo‘lib qolibdi. 
- Beraman, qaynoq sut beraman, bor, bora qol, xudo xayringni bersin. - U cholni kuzatgandan 
keyin ham hamon javrardi: - Nimaga bunday qiliq chiqarib qoldi? Hech qachon, hech kimga 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling