Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 sababchisan, durbin. Oq kemaga qaragani har safar meni sen chaqirasan. Sen ham aybdorsan». Bola atrofga razm soldi. Chor atrof tog‘ - qoya, o‘rmon. Tepalikdan, muzlar qo‘ynidan boshlangan irmoqlar yarqirab jilvalanganicha ohista pastga oqib tushar va faqat shu yerga, pastga tushgandan keyingina daryo bo‘lib tinimsiz hayqirib yotish uchun ovoz paydo qilgandek bo‘lardi. Tog‘lar esa ulkan va nihoyasiz, ko‘krak kerib turardi. Bola o‘zini shu daqiqalarda bag‘oyat kichik, bag‘oyat yolg‘iz, butunlay unutilgan his qilardi. Faqat tog‘lar bor uning yonida, tog‘lar, chor atrofda baland tog‘lar. Quyosh ko‘l tomonga og‘a boshladi. Havo unchalik issiq emasdi. Sharq tarafdagi qiyaliklarga birinchi, kalta soyalar tushdi. Quyosh endi tobora pastga yo‘nalaveradi, soyalar esa pastga, tog‘lar poyiga cho‘zilaveradi. Odatda, kunning ayni shu mahalida Issiqko‘lda oq kema ko‘rinardi. Bola durbinni ko‘zga tashlanib turgan o‘sha eng uzoqdagi joyga burdi va nafasini yutib kutib turdi. Ana u! Hamma narsa birdan unutildi: u yerda, oldinda. Issiqko‘lning ko‘m-ko‘k sathida oppoq kema paydo bo‘ldi. Mana, qalqib chiqdi. Ana u! Trubalari qator tizilgan, o‘zi kuchli va chiroyli. U xuddi ip tortib qo‘ygandek to‘g‘ri va bir tekis suzib borardi. Bola shosha-pisha durbin oynalarini ko‘ylagining etaklari bilan artdi-da, yana okulyarni to‘g‘rilay boshladi. Kemaning ko‘rinishi yanada tiniqroq bo‘la boshladi. Endi uning to‘lqinlararo qanday chayqalib, quyrug‘i ortidan qanday oppoq ko‘pikli iz qoldirib ketayotganligini ilg‘asa bo‘lardi. Bola oq kemadan ko‘z uzmay unga zavq bilan tikilardi. Bolaning ixtiyorida bo‘lganda edi, u suzayotgan odamlarni ko‘rmoq mumkin bo‘lishi uchun oq kemani yaqinroq suzib kelishga yolvorib ko‘ndirgan bo‘lardi. Lekin kema bulardan bexabar edi. U o‘z yo‘lidan, kim biladi, allaqayokdan chiqib, allaqayoqqa, ohista va ulug‘vor suzib borardi. Kemaning suzib borishi uzoq vaqt ko‘rinib turdi, bola ham uzoq vaqt baliqqa aylanib, daryo bo‘ylab unga, oq kemaga qarab suzib ketishi haqida xayol surib qoldi... Bola bir kuni Qorovultog‘dan turib ko‘m-ko‘k Issiqko‘lda oq kemani birinchi marta ko‘rib qolganida uning go‘zalligidan yuragi gupirib, darhol otasini - issiqko‘llik matrosni - xuddi shu oq kemada suzayotir, degan qarorga kelgandi. Bola o‘zi bunga ishonar, chunki u shunday bo‘lishini juda- juda istardi. U na otasini, na onasini eslay olardi. Bola ularni biron marta ham ko‘rmagan. Ularning hech qaysi biri uni biron marta yo‘qlab kelmagan. Lekin bola bilardi: otasi Issiqko‘lda matros, onasi esa otasidan ajrashganidan so‘ng, o‘g‘lini boboda qoldirib, o‘zi shaharga ketgan. Ketganu, shu bo‘yi g‘oyib bo‘lgan. Tog‘ ortidagi, ko‘l ortidagi, yana tag‘in tog‘ ortidagi uzoq shaharga ketgan. Mo‘min bobo kunlardan birida o‘sha shaharga kartoshka sotgani borgandi. Rosa bir hafta yo‘q bo‘lib ketib, qaytgach, choy ustida Bekey xola bilan buviga qizini, ya’ni bolaning onasini ko‘rganini gapirib bergan. U allaqanday katta fabrikada to‘quvchi bo‘lib ishlar ekan. Uning yangi oilasi - ikki qizi bo‘lib, ularni bolalar bog‘chasiga topshirar va haftada bir martagina ko‘rar ekan. Katta turar joyda, lekin katalakdek xonada yashashar ekan. Hovlisida esa xuddi bozordagiday birov-birovni tanimasmish. Hamma uyiga kirdi deguncha eshigini qulflab olarmish. Xuddi turmadagiday, hamisha qamalib o‘tirisharmish. Eri shofyor bo‘lsa kerak, avtobusda odamlarni ko‘chama-ko‘cha tashib yurarkan. Ertalab soat to‘rtda ketib, kech qaytarkan. Ishi og‘ir ekan, deb hikoya qilardi chol. Zor yig‘lab, kechirim so‘radi. Ular yangi kvartira olish uchun navbatda turishibdi. Qachon olishadi - noma’lum. Lekin qachon olishsa, eri ko‘nsa, o‘g‘lini olib ketmoqchi. Mendan picha kutib turishni iltimos qildi. Mo‘min bobo unga, g‘am yemagin, debdi. Eng muhimi - er bilan murosa qilib yashash, boshqasi bitib ketaveradi. O‘g‘lining ham ko‘p g‘amini tortmasin. «Toki men tirik ekanman, bolani hech kimga bermayman, agar o‘lsam - xudo uni o‘zi bir yo‘lga solar, tirik odam o‘z takdirini topib ketar...» Cholning gaplarini eshitgan Bekey xola bilan buvi darhol xo‘rsinib va hatto barobariga jinday ko‘z yoshi qilib olishdi. Xuddi shu o‘tirishda gap aylanib kelib, bolaning otasi haqida ham so‘z ochib qolishdi. Boboning aytishicha, uning avvalgi kuyovi, bolaning otasi, hali ham allaqaysi kemada matros bo‘lib xizmat qilarmish, uning ham yangi oilasi, ikkitami, uchtami bolasi bor emish. Pristan yaqinida yasharmish. U |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling