Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
Bola butalar ustidan hatlab, sakrab o‘tish qiyin bo‘lgan xarsang toshlarni yonlab o‘tib, na o‘siq 
o‘tlar, na xarsang toshlar oldida, bular shunchaki narsalar zmasligini bilsa-da, bir daqiqa ham 
to‘xtamay chopib borardi. Ular ranjib qolishi, hatto chalib yiqitishi ham mumkin edi. «Mashina-
magazin keldi. Men keyin kelaman», - yo‘l-yo‘lakay u «cho‘kib yotgan tuya»ga gap qotdi. U bag‘rini 
yerga berib yotgan sarg‘ish bukri toshni shunday deb atardi. Odatda bola o‘z «tuya»sining yonidan 
uning o‘rkachini silamasdan o‘tmasdi. Xuddi bobosi dumi cho‘ltoq axta otini shapatilagani kabi, u ham 
ishning ko‘zini biladigan kishilar singari o‘z «tuya»sining yonidan o‘tib borayotib naridan beri, sen 
sabr qilib turasan endi, mening ishim chiqib qoldi, deb uni shapatilab qo‘yardi. Uning xarsang toshida 
«egar» ham tayyor edi. Yarmi oq, yarmi qora bu chavkar toshdagi egarchada xuddi otda o‘tirgandek 
o‘tirgan bo‘lardi. Yana «bo‘ri» degan tosh bor - bo‘riga juda o‘xshash qo‘ng‘ir, oq oralagan, yoldor va 
cho‘ng peshanali. Bola uning oldiga pisib emaklab borardi-da, mo‘ljalga olardi. Lekin eng sevimli 
tosh, bu suv yuvib ketgan qirg‘oqdagi kattakon xarsang «tank» edi. Qarab tursang «tank» qirg‘oqdan 
otilib chiqadi-yu, daryoni shovqin-suronga solib, to‘lqinlantirib, ko‘piklantirib, yurib ketadigandek. 
Tanklar kinolarda axir shunday yuradi-ku, qirg‘oqdan suvga otiladi: ketdi! Bola kinolarni kam ko‘rgan, 
shuning uchun ham ko‘rganlari yodida qattiq o‘rnashib qolgan. Bobosi ba’zan uni kino ko‘rsatgani 
tog‘ ortidagi - qo‘shni daradagi sovxoz naslchilik fermasiga olib borardi. Shu sababli ham qirg‘oqda 
daryoni har qachon kesib o‘tishga shay turgan «tank» paydo bo‘ldi. Yana boshqa - «yaxshi» va 
«yomon» toshlar, hatto «ayyor» va «ovsar»lari ham bor. 
O‘tlar orasida ham - «sevimli», «botir», «hurkak» va «yovuz» hamda boshqa har xillari mavjud 
edi. Chaqirtikan, masalan, - eng birinchi dushman. Bola u bilan kuniga o‘n martalab jang qilgan, 
chopib tashlagan. Lekin bu jangning oxiri ko‘rinmasdi - chaqirtikan hadeb o‘saverar va 
ko‘payaverardi. Mana, daladagi pechak gullar, to‘g‘ri, ular ham yovvoyi, shunga qaramay bular eng 
aqlli va quvnoq gullardir. Ular ertalab quyoshni hammadan ortiq yayrab qarshi oladi. Boshqa o‘tlarga - 
tong nima, tun nima, baribir. Pechakgullar esa kun ilishi bilanoq ko‘z ochadi, kulib boqadi. Oldin bir 
ko‘zini, keyin ikkinchisini ochadi, shundan so‘ng bag‘ridagi barcha gullar birin-ketin ochila boshlaydi. 
Oq, och ko‘k, binafsha va yana har xil rangda... Agar ularning oldida sukut saqlab o‘tirsang, go‘yo bu 
gullar uyqudan uyg‘onib, allanimalar haqida shivirlashayotgandek tuyuladi. Chumolilar ham buni 
sezadi. Ular ertalabdan pechakgullar huzuriga chopib, quyosh nurlaridan ko‘zlarini qisib, gullarning 
o‘zaro nimalar haqidadir shivirlashayotganiga quloq soladi. Balki, ko‘rgan tushlarini 
so‘ylashayotgandir? 
Kunduzlari, odatda tush vaqtiga borib bola serpoya shiroljinlar g‘uj bo‘lib o‘sgan tomonga 
jo‘nashni yaxshi ko‘rardi. Shiroljin baland bo‘yli, gulsiz, lekin xushbo‘y hidli bo‘ladi. Ular yon-veriga 
boshqa o‘simlikni yo‘latmay to‘da-to‘da bo‘lib, alohida o‘sadi. Shiroljin - sadoqatli do‘stdir. Ayniqsa, 
biror ko‘ngilsizlik yuz berib, pinhona yig‘laging kelganda shiroljin ostidan yaxshi panoh topish 
mumkin. Ular o‘rmon yoqasidagi qarag‘ayzorlar singari yoqimli hid taratib turadi. Shiroljinlar 
quchog‘i qaynoq va sokin. Eng muhimi - ular osmonni to‘sib qo‘ymaydi. Chalqancha yotda, osmonni 
tomosha qilaver. Avval ko‘z yoshlari orasidan hech nimani ajrata olmaysan. Keyinchalik esa, bulutlar 
suzib ketadi va sen o‘ylayotgan narsalar osmonda, ko‘z oldingda aniq namoyon bo‘la boshlaydi. Bu-
lutlar yaxshi biladi: ko‘ngling ancha noxush, qayoqlargadir jo‘nab qolging yoki uchib ketging keladi, 
toki seni topolmay, oh-voh qilishsin: «Eh bolagina, bedarak ketdi-ya, endi uni qaerdan topamiz», deb 
kuyib yurishsin. Bunday bo‘lmasligi uchun - sen yo‘qolib qolmasliging va jimgina yotib, bulutlardan 
zavqlanishing uchun sen nimani istasang bulutlar o‘shanga aylanib qoladi. O‘sha birgina bulutning 
o‘zidan turli-tuman shakllar yuzaga kela boshlaydi. Faqat bulutlar qanday shaklga kirayotganini ko‘rib 
bilsang bas. 
Shiroljinlar tagi jimjit, ular osmonni to‘smaydi. Shiroljinlar mana shunaqa, iliq qarag‘ayzor hidini 
ufuradi. 
U o‘tlar to‘g‘risida ko‘p narsa bilardi. Suv bosadigan pichanzordagi kumushrang supurgi o‘tlarga 
rahmi kelardi, juda g‘alatida bu supurgi o‘tlar, havoyi juda. Ularning ipakdek mayin popuklari 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling