Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
O‘sha kuni qirg‘iz qabilasi Enasoy bo‘yida o‘zining buyuk oqsoqolidan judo bo‘ldi. Botir Qulchi 
ko‘p yillar yo‘lboshchilik qildi, ko‘pgina yurishlarda, jang-jadallarda qatnashdi. Janglarda omon qoldi, 
lekin ajali yetdi. Qabiladoshlar ikki kun katta g‘am-alamda o‘rtandilar, uchinchi kuni esa botirning 
jasadini yerga topshirgani yig‘ildilar. Eski odatga ko‘ra, buyuk oqsoqolni Enasoyning o‘nqir-cho‘nqirli 
qirg‘og‘i bo‘ylab so‘nggi yo‘lga kuzatish lozim edi, toki marhumning ruhi Enasoy daryosi bilan 
yuksaklikda judolashsin, axir «Ena» - bu ona demak, «soy» esa - bu daryoning o‘zaniku. Uning qalbi 
Enasoy haqidagi qo‘shiqni so‘nggi bor kuylasin. 
Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy,
Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy,
Sendan chuqur dard ham bsrmi, Enasoy,
Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy. 
Sendan ulkan daryo yo‘qdir, Enasoy,
Sendan aziz tuproq yo‘qdir, Enasoy.
Sendan chuqur dard ham yo‘qdir, Enasoy,
Sendan ozod quchoq yo‘qdir, Enasoy. 
Dafn etish lozim bo‘lgan tepalikda yorug‘ jahonning to‘rt tomonini ko‘rsatmoq uchun botirning 
qabri bosh uzra ko‘tarildi: «Mana sening daryong. Mana sening osmoning. Mana sening yering. Sen 
biz bilan, hammamiz bir urug‘ odamlarimiz. Osuda uxla. Biz hammamiz seni kuzatgani keldik». 
Kelajak avlod xotirasi uchun botirning qabri ustiga marmar tosh qo‘yildi. 
Botirning jasadini dafn etishga olib o‘tishganda har bir oila o‘z ostonasi oldida u bilan 
vidolashishadi, oq motam yalovini egib, uv tortib yig‘lashadi, keyin boshqalar bilan birga qo‘shilib 
yana oq motam yalovlarini egiltirgan holda, aytib yig‘lashayotgan kelgusi o‘tov tomon ilgarilab 
borishadi va shu zaylda so‘nggi manzilga, to qabristongacha yetib borishlik uchun motam kunlarida 
barcha qabiladoshlar o‘tovlarini daryo yoqasiga qator tikishdi. 
O‘sha kuni hamma tayyorgarlik ko‘rib bo‘linganda quyosh uyqudan bosh ko‘targandi, Uchiga 
otning dumi bog‘langan tug‘ va botirning urush aslahalari - nayza va qalqoni olib chiqildi. Uning oti 
dafn etish yopiqlari bilan burkalgan edi. Karnaychilar jangovar kuy chalishga, barabanchilar barabanga 
tayoqni jon-jahddari bilan urishga shay edilarki, toki o‘rmon larzaga kelsin, qushlar bulut yanglig‘ 
osmonga ko‘tarilib, shovqin-suron va nola solsinlar. Yirtqich hayvonlar bo‘kirib-hayqirib 
chakalakzorlarga chopib qolsin, maysalar yerga qapishib ketsin, sadolar jaranglab, tog‘larni larzaga 
keltirsin. Motamsaro ayollar sochlarini yoyib, botir Qulchiga aza ochishga shay turishardi. Yygitlar 
zabardast yelkalarida botirning katta, og‘ir jasadini bezovta qilmay ko‘tarish uchun tiz cho‘kkan edilar. 
Hamma narsa botirni oxirgi yo‘lga kuzatib qo‘yishga tayyor edi. O‘rmon etagida esa to‘qqizta biya, 
to‘qqizta ho‘kiz, to‘qqizta to‘qqizlik qo‘y qurbonlik uchun hozirlab qo‘yilgandi. Shunda kutilmagan 
hodisa ro‘y berdi. Enasoyliklar bir-biriga har qancha dushman bo‘lmasin, oqsoqollarning dafn 
marosimi kunlarida bir-biri bilan urush qilishni rasm qilmagandi. Mana hozir esa bir to‘da dushman 
g‘am-anduhga botgan qirg‘oqdagilarni tong chog‘i to‘rt tomondan sezdirmay o‘rab kelib, 
pistirmalardan barobariga otilib chiqib, hamlaga o‘tdilarki, oqibatda hech kim otga ham minolmadi, 
qo‘liga qurol ham ola olmadi. Shu tariqa ko‘z ko‘rmagan qirg‘in urush boshlandi. Hammani bir 
chekkadan o‘ldira boshlashdi. Yengilmas qirg‘iz qabilasini bir hamla bilan qirib tashlash - dushman 
rejasi ana shunday edi. Hammani bir boshdan qilich damidan o‘tkazishdi, toki bu yovuzlikni eslab 
hech kim yodga olmasin, qasoskor qolmasin, vaqt esa o‘tmish izlarini qumlar bilan ko‘mib yuborsin. 
Tuya ko‘rdingmi - yo‘q. 
Insonni tug‘ish va o‘stirish qanchalar qiyin, o‘ldirish esa - hammasidan oson. Ba’zi birovlar o‘zi 
qoniga botib qiymalanib yotishar, birovlar esa qilich va nayzadan qutulib qolmoq uchun o‘zini daryoga 
otar, Enasoy to‘lqinlari orasida cho‘kib ketardi. Daryo yoqalab jarliklaru tikka kesib tushgan qirg‘oqlar 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling