Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
BYeShINCHI BOB
Yana tog‘lar qo‘yniga kuz kirib keldi. Yana shovqin-suronli yozdan so‘ng hamma narsa kuzgi sokinlikka moslasha boshladi. Mol qamaydigan qo‘ralar atrofidagi changchar bosildi, gulxanlar o‘chdi. Mollar qish-lovga ko‘chdi. Odamlar jo‘nab ketishdi. Tog‘lar huvillab qoldi. Burgutlar bazo‘r qur-qurlab, yolg‘iz ucha boshladi. Yoz bo‘yi o‘z o‘rnidan shovullab oqqan daryo sayozlanib, ovozi pastlashib qoldi. O‘tlar o‘sishdan to‘xtadi, ildizlardan jon ketdi. Barglarning shoxlarda osilib turishga ortiq madori qolmay, uzilib tusha boshladi. Eng baland cho‘qqilarga esa kechalari kumush rang yupqa qor yog‘ib chiqardi. Ertalab g‘ira-shira tog‘ tizmalari qoraburul tulkining yoliday oppoq tusga kirardi. Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Sovuq tushib, daralarda izg‘irin shamol esa boshladi. Lekin hamon kunlar charog‘on va quruq edi. Daryo ortida, qorovulxona ro‘iarasidagi o‘rmon tezda kuz og‘ushiga kirdi. Daryodan to yuqoriga, Qora qarag‘ayzor chegarasigacha cho‘zilib ketgan chakalakzorlarni dudsiz olov yanglig‘ kuzgi xazonrezgi bosgandi. Eng chidamli daraxtlar - to‘q sariq rangli tog‘ teragi va qayin o‘rmonlari, ayniqsa, ko‘zga yaqqol tashlanib turardi. Ular ulkan o‘rmonning qor bosgan baland cho‘qqilarigacha - qayrag‘och va archalar qorayib turgan yergacha cho‘zilib ketgan edi. Qarag‘ayzor qo‘yni hamma vaqt top-toza va qasrlardagidek salobatli. Qayoqqa qaramang, faqat qattiq daraxtlarnint jigarrang tanasi, smolali quruq hid, butun o‘rmon poyiga to‘kilgan qoramtir igna yaproqlar. Keksa qarag‘aylarning uchida g‘ir-g‘ir shamol esadi. Lekin bugun erta tongdanoq tog‘lar boshida chag‘illab, bezovtalangan zag‘chalar aylanib qoldi. Jon-jahdi bilan chag‘illagan zag‘chalarning kattakon galasi qarag‘ayzor o‘rmon tepasida betinim aylanaverdi. Ular bolta ovozini eshitgan zahotiyoq bezovtalangan bo‘lsa, so‘ng xuddi birov ozor bergandek bir-birlariga gal bermay chag‘illab, qirqilgan qarag‘aylarni tog‘dan olib tushayotgan ikki kishining izidan ta’qib etardi. Yog‘ochlarni otlarga bog‘lab sudratib kelishardi. O‘razqul otning jilovini tutib oldinda borardi. U turtinib, plashining bari butalarga ilinib, qo‘shga qo‘shilgan ho‘kizday hansirardi. Uning ortidan, yog‘och orqasidan Mo‘min bobo yelib kelardi. Bunday balandlikda unga ham osonmasdi, cholning nafasi qisilib qolgandi. Uning qo‘lida qarag‘ay pishang bo‘lib, bu bilan u yo‘l-yo‘lakay yog‘ochlarni o‘nglab borardi. Yog‘ochlar goh to‘nkalarga, goh toshlarga hadeb qadalib qolaverar, qiyalikka kelganda esa nishabga ko‘ndalang burilar va pastga yumalab ketguday bo‘lardi. Unda falokatdan qochib qutulib bo‘psan - naq majaqlab o‘ldiradi. Pishang bilan yog‘ochlarni to‘g‘rilab borayotgan kishiga ayniqsa, xavfli, har balo yuz berishi mumkin. Qo‘rquvdan bir necha bor yuganni tashlab qochgan O‘razqul har safar chol o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yog‘ochni qiyalikda tutib, uning ot yoniga qaytishini va yugandan tutishini kutayotganini ko‘rib uyalib ketardi. Lekin o‘z aybingni yashirmoq uchun uni birovga to‘nkamoq kerak deb bekorga aytishmagan-da. - Sen nima, meni narigi dunyoga jo‘natmoqchimisan? - O‘razqul qaynotasiga qichqirdi. Atrofda O‘razqulning ovozini eshitadigan va unga dakki beradigan hech kim yo‘q edi: keksalarga shunday muomala qilishni kim ko‘rgan? Qaynotasi, buni men ataylab qilibmanmi, axir o‘zim ham yog‘och tagida qolib ketishim mumkin-ku, xuddi u buni qasddan qilayotgandek, unga buncha qichqirishning nima keragi bor, deb qo‘rqa-pisa pichirladi. Bu hol O‘razqulning yana battar jahlini chiqardi. - Eh, seni qara-ya! - g‘azablandi u. - Seni bosib qolsa, axir sen yoshingni yashagansan. Senga nima? Men mayib bo‘lsam, qizing kimga qoladi, uni kim oladi? Shaytonning qamchisiday bu bepusht kimga kerak... - Tushunib bo‘lmaydigan odamsan, o‘g‘lim. Senda odamlarga hurmat degan narsa yo‘q, - dedi bunga javoban Mo‘min. O‘razqul hatto to‘xtab, cholga razm soldi: - Bunday chollar allaqachon o‘choq oldida yonboshlab, o‘zini olovga toblab yotibdi. Senga esa maosh oqib kelib turibdi. Qayoqdan kelyapti bu maosh? Mening sharofatim bilan kelyapti. Senga yana qanaqa hurmat kerak? - Kel, qo‘y endi, aytdim-qo‘ydim-da, - muloyimlashdi Mo‘min. Shunday qilib, ular yurishda davom etdi. Yana bir dovon oshib, qiyalikda tin olgani to‘xtashdi. Ot butunlay terga tushib, ko‘pikka qoplandi. Son-sanoqsiz zag‘chalar esa hamon tinchimas, charx urib aylangani-aylangan. Go‘yo butun kun bo‘yi chag‘illashga qasd qilganday zo‘r berib chag‘illardi. - Qishning erta tushishini sezyapti, - dedi Mo‘min ohista gapni boshqa yoqqa burib va bu bilan O‘razqulni jahldan tushirmoqchi bo‘lib. - Uchib ketishning payida bo‘lyapti. Xalaqit berganni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling