Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
YeTTINCHI BOB
Saharda bola qo‘l sharpasidan uyg‘ondi. Bobosining qo‘llari sovuq, daladan kelgandi. Bola beixtiyor junjikdi. Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 54 - Yot, yotaver. - Bobo kuflab qo‘llarini isitdi, uning peshanasini siladi, keyin kaftini uning ko‘kragiga, qorniga qo‘ydi. - Tobing qochgan shekilli, - achindi bobo. - Issig‘ing bor. Men shunchaki yotibsan deb o‘ylabman. Maktab vaqti ham bo‘ldi. - Men hozir, hozir turaman, - bola boshini ko‘tardi, shu payt hamma narsa ko‘z o‘ngida gir aylanib ketdi va quloqlari g‘uvulladi. - Turishni xayolingga ham keltirma. - Bobo bolani yotqizdi. - Sen kasalni maktabga kim olib boradi? Qani, tilingni ko‘rsat-chi. Bola o‘zinikini ma’qullashga urinib ko‘rdi: - Muallima urishadi. Darsni qoldirganni juda yomon ko‘radi u... - Urishmaydi. Men o‘zim aytaman. Qani bo‘l, tilingni ko‘rsat. Bobo diqqat bilan bolaning tili va tomog‘ini ko‘rdi. Tomir urishini uzoq kuzatdi: bobosining qora mehnatda qotib ketgan qattiq qo‘llari bolaning issiq, terga botgan qo‘llaridan tomir urishini arang tutib oldi. Chol nimagadir ishonch hosil qildi-da, tinchlantirgan ohangda dedi: - Xudo mehribon. Ozgina shamollabsan, xolos. Sovuq o‘tgan. Bugun to‘shakda yotib tur, uyqungdan oldin men sening tovoning bilan ko‘kragingga issiq dumba yog‘i surtib qo‘yaman. Terlaysan, xudo xohlasa ertalabgacha otdek bo‘lib ketasan. Kechagi voqealarni va yana o‘zini nimalar kutayotganini eslab, cholni g‘am bosdi, nabirasining to‘shagida o‘tirib xo‘rsindi va o‘ylab qoldi. - Xudo podsho, - shivirladi xo‘rsinib turib. - Qachon tegdi senga bu kasal? Nega aytmay yurding? Kechqurun chog‘i? - Kechga yaqin. Daryoning sohilida bug‘u ko‘rganim-da. Men siz tomonga chopdim. Shundan keyin sovqotib ketdim. Chol nima uchundir aybdor ohangda dedi; - Ha, mayli... Sen yot, men esa boray. U o‘rnidan turdi, lekin bola uni to‘xtatib: - Bobo, o‘sha Shoxdor ona bug‘uning o‘zi-a? Xuddi sutday oppoq, ko‘zlari mana bunday, xuddi odamga o‘xshab qaraydi... - Tentakkina, - jilmaydi Mo‘min chol. - Ha, sen aytgandek bo‘la qolsin. Balki u o‘sha karomatli ona bug‘udir, - dedi u past ovoz bilan, - kim bilsin? Men o‘ylaymanki... Chol gapini tugata olmadi. Eshik oldida kampir paydo bo‘ldi. U hovlidan shoshilib kirdi, nimanidir payqagan edi. - Huv anuv yoqqa bor, chol, - ostonadan turib ga-pirdi kampir. Mo‘min bobo shu zahoti birdan qalbi cho‘kib, biron yeri lat yegandek, achinarli bir holga tushib qoldi. - U yoqda odamlar yog‘ochni daryodan mashina bilan chiqarmoqchi bo‘lishyapti, - dedi kampir. - Sen albatta bor, nima buyurishsa qil... Voh, esim qursin, sut hali pishirilgani yo‘q-ku, - kampir xatosini payqadi-da, plitaga o‘t yoqib, idish-tovoqni taraqlatishga tutindi. Cholning qovog‘i osildi. Unga qandaydir e’tiroz bildirgisi, nimanidir aytgisi kelardi. Lekin kampir og‘iz ochirgani qo‘ymadi. - Nimaga endi turib qolding? - g‘azabga mindi kampir. - Nimaga o‘jarlik qilyapsan? Sen bilan menga kim qo‘yibdi o‘jarlikni, boshimga bitgan balo bo‘lding-ku. Ularga qarshi turishga qanday holing bor? Ana O‘razqulning oldiga qanaqa odamlar kelishdi. Mashinalariyam antiqa. Ortsanglar bo‘ldi, o‘nta yog‘ochni tog‘ma-tog‘ olib keta oladi. O‘razqul esa bizga qiyo boqmay qo‘ydi. Men uni ko‘ndirish uchun qanchalik harakat qilmadim, qanchalik o‘zimni yerga urmadim. Qizingni ostonaga yo‘latmadi. Pushtsiz qizing Seydahmadnikida o‘tiribdi. Ko‘zlari shishib ketgan. U ham seni miyasi achigan chol deb qarg‘ayapti... - Yetar endi, - chol chiday olmadi va eshikka yo‘l olarkan, dedi: - qaynoq sut ber, bolagina kasal bo‘lib qolibdi. - Beraman, qaynoq sut beraman, bor, bora qol, xudo xayringni bersin. - U cholni kuzatgandan keyin ham hamon javrardi: - Nimaga bunday qiliq chiqarib qoldi? Hech qachon, hech kimga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling