Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
55 gap qaytarmas-di, mo‘min-qobil, xokisor edi, mana endi bo‘lsa... Tag‘in O‘razqulning otiga minibdi- ya, yana chopganiga kuyaymi. Buning hammasi sening kasringga, - u bola tomonga o‘qrayib qaradi. - Kim uchun baloga giriftor bo‘lyapti o‘zi... Keyin bolaga u jizg‘irilgan yog‘ bilan qaynoq sut olib keldi. Sut bolaning labini kuydirdi. Kampir esa uni zo‘rlar, majbur qilardi: - Ich, issiqroq ich, qo‘rqma. Shamollashni faqat issiq bilan haydaysan. Bola kuyib borar, ko‘zlariga yosh qalqib chiqqandi. Kampir ham birdan shafqatliroq bo‘lib qoldi: - Xo‘p, sovut, ozroq sovutgin... Menga endi shu yetmay turgan edi, kasalingni shunday paytga to‘g‘ri kelganini qara! - xo‘rsindi u. Bolaning qachondan beri siygisi qistardi. U o‘rnidan turib butun badanida allaqanday g‘ayritabiiy, shirin horg‘inlik sezdi. Biroq kampir buni payqagan edi: - Nima, yozilmoqchimisan? - Ha, - tan oldi bola. - To‘xtab tur, hozir. Kampir uyga tog‘ora olib keldi. Bola o‘ng‘aysizlanib teskari o‘girilib jomga choptir-di, siydigining bunday sariq va qaynoqligiga ajablanardi. Endi u o‘zini ancha yaxshi his qildi. Boshining og‘rig‘i ham kamaydi. Bola to‘shakda tinchgina yotar, buvisining xizmatidan minnatdor bo‘lib turib, xayoldan o‘tkazdi: ertaga ertalab sog‘ayib, albatta maktabga borishi kerak. U yana maktabida yaqinda o‘zlarining o‘rmonida paydo bo‘lgan uch bug‘u haqida qanday qilib hikoya qilib berishigacha o‘ylab qo‘ydi, ya’ni bug‘ularning oq urg‘ochisi - bu o‘sha Shoxdor ona bug‘u, uning kattagina va baquvvat bolasi ham bor, ular bilan ulkan shoxli bahaybat qo‘ng‘ir bug‘u ham birga, u juda kuchli bo‘lib, Shoxdor ona bug‘u va uning bolalarini bo‘rilardan qo‘riqlaydi. U yana shular bilan birga, agar bug‘ular shu yerda qolib, hech qayoqqa ketib qolmasa, unda Shoxdor ona bug‘u tezda O‘razqul amaki bilan Bekey xolaga sehrli beshik keltirib berishini ham hikoya qilishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan edi. * * * Bug‘ular esa ertalab suv ichgani tushdi. Qisqa kuz quyoshi tog‘ tizmalarining yarmiga ko‘tarilganda ular yuqoridagi o‘rmondan chiqib keldi. Quyosh ko‘tarilgan sari, pastda tog‘lar orasi shuncha yorug‘ va iliq bo‘lib borardi. Tungi g‘avg‘odan so‘ng o‘rmon jonlangan, nur va bo‘yoqlar jilva qilar edi. Bug‘ular daraxtlar orasidan o‘tib, oftobro‘y yalangliklarda isinib, shabnamli barglarni butog‘i bilan chimdib shoshmay kelardi. Ular o‘sha tartibda: - oldinda erkak bug‘u, o‘rtada bug‘ucha va oxirida - ikki biqini do‘ppaygan Shoxdor ona bug‘u. Bug‘ular kecha O‘razqul Mo‘min bobo bilan la’nati qarag‘ay yog‘ochni daryoga olib tushgan o‘sha so‘qmoqdan kelishardi. Sudrash natijasida chimzor yuzasida qoldirgan bir tekisdagi taram-taram izlar tog‘li qora tuprokda hali ham boyagi-boyagidek turardi. Bu so‘qmoq kechuvga, yog‘och tashlab ketilgan joyga olib borardi. Bug‘ular bu yer suv ichishga o‘ng‘ay bo‘lgani uchun shu joyga yo‘l soldi. O‘razqul, Seydahmad va yog‘ochga kelgan ikki kishi tros bilan daryodan yog‘ochni sudrab chiqish uchun mashinani qulayroq joyga haydab kelishni ko‘zdan kechirish uchun shu tomonga kelishardi. Mo‘min bobo boshini quyi solib, imirsilab orqaroqda kelardi. U kechagi janjaldan so‘ng nima bo‘lishini, o‘zini qanday tutishini, nima qilishini bilmasdi. O‘razqul uni ishga qo‘yadimi? Kechagidek haydab solmasmikin? Agar: «Senga nima bor bu yerda? Aytdim-ku, sen ishdan bo‘shatilgansan!» desa-chi. Odamlar oldida so‘kib, uyga jo‘natib yuborsa-chi? Shubhalar cholni iztirobga solar, u azobda, arang jon hovuchlab borardi. Orqadan kampir kuzatib kelardi. U go‘yo shunchaki qiziqsinayotgandek edi. Biroq aslida u cholga soqchilik qilib borardi. Mo‘min chaqqonni O‘razqul bilan yarashtirishga, O‘razqulning kechirishiga muyassar bo‘lishi kerak edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling