Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
56 O‘razqul xo‘jayinchasiga gerdayib odimlardi. Hansirab, pishillab atrofga o‘qrayib nazar tashlardi. Ko‘p ichganidan boshi zirqirab og‘rib tursa ham, u o‘zi-da qasoskorona qoniqish sezardi. U qayrilib qaraganida Mo‘min boboning g‘izillab kelayotganini ko‘rdi, xuddi egasidan kaltak yegan sadoqatli itning o‘zgina-si. «Hechqisi yo‘q, hali mening sovunimga kir yuvmabsan. Endi senga qiyo ham boqmayman. Sen men uchun yo‘qsan. Sen hali o‘zing oyog‘imga bosh urib kelasan, - ichi qoralik bilan quvondi O‘razqul o‘tgan kecha xotinini tepib ostonadan haydab chiqarganida xotini oyog‘i ostida qanday dahshatli ovoz bilan chinqirganini eslarkan. - Mayli. Mana bularni yog‘och bilan jo‘natay, men hali ularning kunini ko‘rsataman, mayli, menga desa bir-biri bilan g‘ajishib o‘lishsin. Endi qizi otasining ko‘zini o‘yadi. Vahshiylashib ketgan naq bo‘ri-ya», - O‘razqul kelgan kishi bilan oraliq masofada gaplasha bora turib, yo‘l-yo‘lakay shularni xayoldan o‘tkazdi. Bu odamni Ko‘katoy deb atashardi. U qop-qora, baquvvat kishi bo‘lib, ko‘l bo‘yidan edi, kolxozda hisobchilik qilardi. O‘razqulning eski qadrdoni edi. Bundan o‘n ikki yil avval Ko‘katoy o‘ziga uy qurgandi. O‘razqul yog‘ochdan yordam qildi. Taxta tildirishi uchun yo‘g‘on yog‘ochlarni arzonga sotdi. Keyin bu odam katta o‘g‘lini uylantirdi, yoshlarga ham uy qurdi. Yana O‘razqul uni yog‘och bilan ta’minladi. Endi Ko‘katoy kichik o‘g‘lini ayirgandi va yana qurilish uchun yog‘ochga muhtoj bo‘lib qoldi. Yana eski oshna - O‘razqul kuniga yaradi. Hayot qanchalik og‘ir-a. Birini qilasan - shu bilan, ha, endi tinch yashayman deb o‘ylaysan. Hayot esa yana nimanidir o‘ylab chiqaradi. Shuning uchun ham O‘razqulga o‘xshagan odamlarsiz qo‘ling hech qayoqqa yetmaydi. - Xudo xohlasa, tezda uy to‘yiga taklif qilamiz. Boring, xursandchilik qilamiz, - dedi Ko‘katoy O‘razqulga. U o‘z-o‘zidan mag‘rurlanib, pishillagancha, papirosni burqsitardi. - Rahmat. Aytilgan joydan qolmaymiz, aytmagan joyga bormaymiz. Chaqirsang, boraman-da. Senikida birinchi mehmon bo‘lishim emas. Men hozir sen kech bo‘lishini kutsang qalay bo‘larkin, deb o‘ylayapman, qorong‘ida jo‘nasang deyman-da! Eng muhimi, sovxoz ichidan bilintirmay o‘tib ketish. Agar sezib qolishsa, ish chatoq... - Bu-ku to‘g‘ri-ya, - ikkilandi Ko‘katoy. - Biroq kechgacha ancha kutish kerak-da. Sekin ketaveramiz. Yo‘l yoqasida postlar yo‘q-ku, bizni tekshirib ko‘rsa?.. Favqulodda, militsiyaga duch kelib qolinsa yoki yana boshqa birortasiga... - Ha-ha, bunisi ham bor, - to‘ng‘illadi O‘razqul, jig‘ildon qaynashidan va bosh og‘rig‘idan aftini bujmaytirib. - Yuz yil ish bilan qatnaysan, yo‘lda bitta ham itga duch kelmaysan, agar yuz yilda bir marta yog‘och ortib o‘tsang bas, qo‘lga tushasan. Hamisha shunday bo‘ladi... Har kim o‘zicha o‘ylab, jim qoldi. Kecha yog‘ochni daryoga tashlab ketishga to‘g‘ri kelgani O‘razqulga qattiq alam qildi. Agar yog‘och tayyor bo‘lganidami, tundayoq ortib bo‘lishardi-da, tong saharda mashinani jo‘natib yuborardi... Eh, kecha falokatni sotib oldi-ya. Buning hammasi qari jinni Mo‘minning kasriga bo‘ldi, g‘alayon ko‘tarmoqqa qaror qildi. Qaramlikdan, bo‘ysunishdan qutulmoqchi bo‘ldi. Xo‘p, ko‘ramiz! Hammasi ham mayli-ya, ammo bu niyatingga osonlikcha erisha olmaysan... Odamlar daryoning qarama-qarshi qirg‘og‘iga kelishganda bug‘ular suv ichardi. G‘alati zot bu odamlar - hovliqma, g‘ala-g‘ovurli. O‘z ishlari va suhbatlari bilan band bo‘lib, qarshilarida - daryoning narigi yog‘ida turgan jonivorlarni sezishmadi. Bug‘ular daryo bo‘yidagi ertalabki shafaq rangli butalar orasida, top-toza mayda shag‘alli qirg‘oqda to‘piqqacha suvga botib turardi. Ular shoshmasdan, to‘xtab-to‘xtab qultum-qultum suv ichardi. Suv muzdek edi. Quyosh esa tepadan tobora yoqimli qizitardi. Tash-nalikni qondirib, bug‘ular oftobdan huzur qilardi. Yo‘lda shox-butoqlardan to‘kilgan quyuq shabnam yelkalarida qurirdi. Bug‘ular yelkasida yengil hovur ko‘tariladi. Osoyishta va saxiy edi shu kun ertasi. Odamlar esa shunda ham bug‘ularni sezishmadi. Ulardan biri mashinaga qaytdi, boshqalari esa qirg‘oqda qolishdi. Bug‘ular quloqlarini qimirlatib, ahyon-ahyon ulargacha yetib kelgan ovozlarni hushyor tinglab turdi va qirg‘oqning u yuzida pritsepli avtomashina paydo bo‘lganida etlari junjikib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling