Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
mashinani kira qilib tushib bordilar. Har ehtimolga qarshi ular o‘zlarini uy quruvchi usta deb 
tanishtiradigan bo‘ldilar. Avdiy — duradgorlik qiladi. Duradgorlarni bu yerlarda ko‘zga surtishadi. 
Aslini olganda ham, Avdiy duradgorlik ishlaridan durustgina xabardor edi. Otasi bu hunarni unga 
bolalikdan o‘rgatgan edi. Petruxa uning yuk xaltasiga uydan olib chiqqan — randa, bolta, iskana 
singari asboblarni solib qo‘ydi. Petruxa o‘zini va Lyonkani suvoqchi va bo‘yoqchi usta deb 
tanishtiradi. Ular go‘yo PTUning o‘quvchilari, «Uchquduq»qa, Mo‘yinqum cho‘llariga yozgi ta’tilda 
uy qurib, pul ishlash uchun kelishyapti. Kim ishonmaydi bunga. 
Kun issiq. Lekin ochiq yuk mashinasining tepasi ancha shabada, oftobning issig‘i unchalik 
bilinmaydi. To‘g‘ri, cho‘l yo‘lining mazasi yo‘q, o‘nqir-cho‘nqir, chang-to‘zon. 
Mashina cho‘nqirlarga kelib, sekinlaganda, g‘ildiraklar ostidan ko‘tarilgan chang ustilariga 
yopiriladi, yo‘talib, ko‘zlarini uqalaganlari uqalagan. Yo‘l og‘ir, ammo atrof keng, bahavo edi. 
Beixtiyor hayolingga shunday fikr keladi: qanotim bo‘lsaydi, uchib ketardim... «Endi men butunlay 
ishondim: yer ham sayyora ekan,— deb o‘ylardi Avdiy kabina tepasida turib.— Nega odam yerga 
sig‘maydi, doim torlik qiladi, to‘ymayman, och kolaman, deb qo‘rqadi, baayni o‘ziga o‘xshaganlar 
bilan hech chiqisholmaydi. Oldindan hosil qilingan fikrlar, qo‘rqinch, nafrat sayyorani stadion 
darajasida toraytirib qo‘yyapti. Barcha tomoshabinlarning umrlari ushbu stadionda garovga qo‘yilgan, 
binobarin, har ikki komanda ham o‘yinda yutib chiqish uchun o‘zlari bilan birga yadro bombalarini 
olib kelgan, ishqibozlar esa hech narsaga qaramasdan qichqirib yotibdilar: gol, gol, gol! Sayyora — 
mana shu. Holbuki, axir, har bir inson oldida muqarrar bir vazifa ko‘ndalang bo‘lib turibdi — odam 
bo‘lish. Bugun, ertaga, doim. Tarix shundan yaraladi. Hozir nimaga ketib boryapmiz. Kanday muhim 
hayotiy zarurat yoki ehtiyoj borki, odamlar o‘zlariga ham, boshqalarga ham zahar-zaqqum axtaradilar. 
Ularni bunga nima majbur qiladi? O’z-o‘zini unutishning o‘sha dahshatli girdobidan ular nima 
topadilar?» 
 
* * * 
Uchquduq deganlari dunyoning bir tupkasidagi gadoy topmas qo‘nalg‘a ekan. Ular bu yerda 
o‘zlariga darrov ish topib oldilar. Bir cho‘ponning chala yotgan imoratini bitirib beradigan bo‘ldilar. 
Cho‘ponning o‘zi bola-chaqasi bilan poda haydab ketgan, qo‘shni turadigan qarindoshiga tayinlagan 
ekan, agar bulturgiday uy quradiganlar kelib qolsa, imoratni bitkizib berishsin deb. Shuni bilganday 
uchta azamat chopar — Petruxa, Avdiy, Lyonka yetib kelishgan edi. 
Ular shu yerning o‘zida tomi bitgan chala uyda yotib yurishdi. Havo ochiq, kunlar issiq. Hovlida 
o‘zlariga o‘choq qurib olishdi, goho ob-ovqat qaynatib turishdi. Rostini aytish kerak, itday ishlashardi. 
Petruxa ertalab barvaqt turar, artelchi sheriklari Avdiy va Lyonkani uyg‘otar, shu bilan bir ishga 
tushgancha qorong‘u xuftonga borib bas qiladilar. Hovlida andak olov yoqib, shuning yorug‘ida 
ovqatlanar, faqat shundan keyingina Petruxa hordiq chiqarib, undan-mundan gaplashib o‘tirishga ijozat 
berardi. 
— Avdiy, qarab tursam, bu ish senga juda yoqib qolganga o‘xshaydi. Albatta, xo‘jayindan 
tegishimizni olamiz. Lekin bu pul tupukka yetmaydi. Sariq chaqa! Odamlarning ko‘zi uchun 
ishlaymizda. Asl joylarni topib yo‘lga tushaylik, ana o‘shanda ko‘rasan. Guliniyam, shirasiniyam ikki 
qo‘llab terasan. Bir kun nashapoyaga sho‘ng‘ib chiqsang, bir yil ministrdan ko‘ra yaxshiroq yashaysan. 
Sen bilasan-ku, a, Lyonka? To‘g‘rimi, gapim? 
— Ozroq bilaman,— deb javob beradi shu kunlarda sira ovozi chiqmay qolgan Lyonka. 
— Faqat ko‘zlaringga qaranglar, bolalar,— jiddiy ogohlantiradi Petruxa,— hech kimga, na 
qo‘shnilarga, na boshqalarga og‘izlaringdan gullay ko‘rmanglar. Bu yerning odamlari yaxshi odamlar. 
Lekin baribir, o‘lsang ham, miq etma. Ayniksa, boshqa yoqdan bitta-yarimta kelib so‘rasa, aslo sir boy 
bermanglar. Avdiy, sen ayt: o‘laman sattor, hech narsani ko‘rganim yo‘q, bilmayman, eshitmaganman 
deb. Kerak bo‘lsa, ana, boshlig‘imiz bor, o‘sha biladi, deb menga ro‘para qil. Men kichkina odamman, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling