Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
payida edilar. Bozorboyning esiga shu tobda Xudo tushdi, unga yalinib-yolvora boshladi. Boshqa 
paytda Xudoning go‘riga g‘isht qalashdan ham toymasdi bu odam. Qaysi go‘rdan kelib qolgan 
geologlarni bo‘ralab so‘kardi: «Oltinlaring tomoqlaringga tiqilsin!» Xotinini qiynaganlaridan 
afsuslanar, undan uzr-ma’zur so‘rardi: «Senga so‘z beraman! Tirik qolsam, chertsam, odam 
emasman!» Bo‘ri bolalarini olganiga tavba qilardi: «Nima qilardim olib! Nimaga kirdim iniga? 
Hammasini toshga urib, boshini yorib tashlamaymanmi? Endi, nima qildim, qayoqqa qo‘yaman 
ularni?» Xurjun tasmalar bilan mahkam tortib bog‘langan, ularni yo‘l-yo‘lakay tashlab ketib 
bo‘lmaydi. Buning ustiga shom qorong‘usi tushyapti, kimsasiz tog‘ yonbag‘irlariga xufton qorasi 
bostirib kelmoqda — dunyoda hech kimning o‘ladimi, qoladimi, u sho‘rlik bilan ishi yo‘q. 
Faqat sodiq ot jonivorgina ko‘rkuvdan esini yo‘qotib, bor kuchi bilan chopib bormoqda. 
Lekin Bozorboy hammadan ham yonida miltiq yo‘qligi uchun achinardi. Miltig‘i bo‘lsa, ularga 
kursatib qo‘yardi: bitta-bitta otib qulatar-di, o‘qni esa ketkizmasdi. Miltiq topilmas matoh ekanmi 
deng! Hamma cho‘ponlarning uyida bor. Lekin kim uni doim yonida olib yuradi! Eh, bilganda-ku! 
Bozorboy yirtqichlarni qo‘rqitish uchun joni boricha bo‘kirardi. Uning barcha umidi otdan edi. 
Yaxshiyam asl, zotdor ot... 
Hayot-mamot poygasi... 
O’g‘irlangan bo‘ri bolalarini xurjunga solgan otliq bilan izma-iz Akbara va Toshchaynar xufton 
qorong‘uligi tushgan tog‘ oralaridan ana shunday qochdi-quvdi bo‘lib borardilar. Olib qochilgan 
toyloqlarining hidini sezgan bo‘rilar o‘zlaricha yolvorar, o‘zlaricha tavallo qilardilar. Koshkiydi, ot bir 
martagina, bir zumgina qoqilsa! Agar buqa go‘shtini bunchalar ko‘p yemaganlarida, quvish qanday 
bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ymasmidilar, allaqachon qaroqchiga yetib olib, uni ko‘z yumguncha pora-pora 
qilib tashlamasmidilar, nasl qoldirish yo‘lidagi azaliy, omonsiz kurashda qonli o‘ch olib adolatni 
tiklamasmidilar? Mo‘yinqum cho‘llarida sayg‘oq suruklarini tumtaraqay quvgan, ularni o‘zlariga kerak 
tomonga burish uchun yanada shiddat solib yugurganlari ham gapmi? Lekin katta ovga bo‘rilar 
qorinlarini to‘ydirmasdan, shiddatli quvg‘inga oldindan tayyorlanib chiqardilar. 
Bolalarni boqish uchun ustma-ust bo‘kib et yegan Akbara, ayniqsa, qiynalib chopmoqda edi. Lekin 
u ham bo‘sh kelmas, joni boricha yugurar, agarda otliqqa yetib olsa, bir zum o‘ylab o‘tirmay, nima 
bilan tugashidan qat’iy nazar, o‘zini jangga tashlardi. Shukrki, yonida Toshchaynari bor, suyanchig‘i 
va yengilmas madadkori, lekin nima demang, har kimning go‘ri boshqa... Akbara har qanday o‘limga 
tayyor edi, ishqilib yetib olsa, ishqilib, uchqur otda ketayotgan shu kishini quvib yetsa bas... ishqilib... 
Garchi Bozorboy chindan ham uchqur ot mingan bo‘lsa ham, lekin bunday qarab, bo‘rilar qadam-
baqadam yaqinlab, o‘ng biqinidan yetib kelayotganlari, uni ko‘l tomonga o‘tkazmaslik uchun yo‘lni 
kesib chiqayotganlarini ko‘rdi. G’addor g‘ajirlar otliqni tog‘ tomonga qarab haydashga zo‘r bermoqda 
edilar. Shunday qilsalar, ertami, kechmi, baribir, albatta, yuzma-yuz to‘qnashar edilar. Ular niyatlariga 
erishay deb qolgan ham edilar: hurkib ketgan ot o‘zini yo‘qotib qo‘yib, o‘ng yoqdan daf etayotgan 
bo‘rilardan qo‘rqib, boshini tog‘lar tomonga burishga urinmoqda edi. Biroq otni ongli maxluq — odam 
boshqarib bormoqda edi, u yirtqichlarning niyatini anglab turardi, bo‘rilar xuddi shu narsani hisobga 
ololmasdilar, bu ularning fojiasi edi. 
Bozorboyni yana bir narsa qutqarib qoldi. Taqdirning marhamati bilan oldinda chiroqlar ko‘rindi. 
O, omadning kelganini qarang! Ular Bo‘ston O’rkunchiev qo‘rasining chiroqlari edi. Ha-ha, o‘sha 
ilg‘or quloq Bo‘ston, hech jini yoqtirmaydigan Bo‘ston. Lekin hozir kim kimni yaxshi ko‘radiyu, kim 
kimni yomon, surishtirib o‘tiradigan payt emasdi. Nima farqi bor. U hozir har qanday qimirlagan tirik 
jonni ko‘ziga surtishga tayyor. Ishqilib, odamlar yashaydigan joyga yetib keldi-ku — bundan ortiq 
quvonch bo‘lishi mumkinmi odamga! U axir, qutuldi! U o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, otni yana tovoni 
bilan qistadi, shunda ot qo‘ralar, odamlar tomonga shamoldeq uchdi. Biroq, ana endi qutuldim 
deguncha, Bozorboy uchun yana bir asr vaqt o‘tganday bo‘lib ko‘rindi lekin, mana, Bo‘ston qurgan 
elektr dvijokning pulemyotday tarillagan ovozi eshitilib qoldi, mana, cho‘ponlarning itlari bo‘ri isini 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling