Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
Choliqushining dimog‘iga ana shu tog‘lardan yangi g‘urbat bo‘ylari kirardi. G‘urbat 
bo‘ylari! G‘urbat bo‘yini butun qalbi bilan hidlamaganlar uchun naqadar ma’nosiz so‘z 
bu! Xayolimda yana o‘sha tanish yo‘llar, hamon torayib, huzun to‘lib borgan, oxiri ko‘rin-
magan g‘urbat yo‘llari cho‘zilib yotar, quloqlarimda o‘tkinchi aravalarning yoniq ovoz bi-
lan g‘ijirlagan yig‘ilari eshitilardi. 
Qachongacha, yo rabbiy, qachongacha g‘urbat zahrini yutaman? Nima uchun? Qaysi 
murodimga yetish uchun? 
 
* * * 
Ch..., 5 iyun. 
 
Qushlarimning ohi tutdi. Shu uzun kanikul oylarida qushlarim singari uyimda qamalib 
o‘tirdim. Mudira xonim sentyabrdan avval boshqa yerga ko‘chirilishimning iloji yo‘qligini 
aytdi. Hozir o‘zimni odamlarning eslaridan chiqarishga kirishib, ko‘cha-ko‘yda qadam bo-
smayman. Qo‘shnilarim ham meni ilgarigiday yo‘qlashmaydi. Ehtimol, gap-so‘zlardan 
hayiqishar. Faqat xolamga o‘xshagan bitta qari xotin bilan gaplashib turaman. Ovozi xo-
lamnikiga shunaqayam o‘xshaydiki, kecha uyalib-tortinib turib undan bir narsani iltimos 
qildim. 
— Aylanay xonim afandi, meni “xo‘jonim” demay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Farida desangiz 
qalay bo‘larkin-a? — dedim. 
Qo‘shnim bir oz shoshib qoldi, lekin gapimni qaytarmadi. U so‘zlab turganda ko‘zlarimni 
yumib olaman, shunda o‘zimni yana Qo‘zyotog‘idagi bog‘imizda ko‘ra boshlayman!.. 
Yo rabbiy, qanday yarashmagan narsalarni so‘zlayman-a! Balki menda ham asab kasali 
boshlangandir? Harholda, yuragimda bir qarorsizlik bor... Yana bir mahallardagiday kulaman, 
yana Munisa bilan hammol bolalar singari kurashamiz, bo‘g‘ishamiz. Yana qushlar bilan 
o‘ynashib hushtak chalamiz. Shunday bo‘lsa ham na besaranjomligi qalbimni tark etadi va na 
qayg‘um! Ichimga chiroq yoqsa ham yorishmaydi... 
Kechasi kemada Ch...ga kelayotganimizda uyqum qochib ketgan edi. Allaqanday bir 
yo‘lovchi qorong‘i dengizga qarab olib, mungli bir tovush bilan “Sendadir ovora ko‘nglim, 
sendadir!” deb ashula aytardi. 
Bu ashula o‘sha soati esimdan ham chiqib ketgan edi. Oradan oylar o‘tdi. Lekin 
bog‘chamizdagi ertangi gullar ochila boshlagan aprel kunlarining birida, hech nimadan-
hech nima yo‘q, ana shu ashulani xirgoyi qila boshladim. Inson qalbi naqadar tushunib 
bo‘lmaydigan bir muammo! Atigi bir martagina eshitgan shu ashulaning ohangini, so‘zla-
rini qanday qilib esda olib qolibman? Mana endi, nima bilan mashg‘ul bo‘lmayin: qush-
larga suv beramanmi, derazamdan ko‘rinib turgan dengizni tomosha qilamanmi, ishqilib
hammavaqt shu ashulani ming‘illab aytganim-aytgan. Kecha kechqurun shu ashulaning 
“Sendadir ovora ko‘nglim, sendadir!” deyilgan so‘nggi misrasini takrorlab turib birdan 
yig‘lab yubordim. Bunga hech sabab yo‘q edi, chunki ashulaning na so‘zlarida g‘am bor 
edi va na ohangida. Aytdim-ku, asab! 
Endi hech mahal bu ashulani aytmayman! 
* * * 
Ch..., 20 iyun. 
 
Maktabda Nazmiya degan bir dugonam bor. Yigirma to‘rt-yigirma besh yoshlarda, chi-
royli, xushchaqchaq, hazilkash bir qiz. Tili nihoyatda shirin. Har oqshom biron yerga tak-
lif qilinadi. Muallimalarimiz uni uncha yoqtirishmaydi. O‘zim ham uning to‘g‘risida ancha-
muncha past-baland gaplar eshitaman. Qaydam, balki chiroyli kiyingani uchun yoqtirish-
mas, ko‘zlari kuyar? 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling