Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
19 madan qo‘rqasan? Bu yerlarda kim bo‘lardi?.. Ovozingni chiqarsang-chi!” deb baqirar- dim. Komronning: “Narimon, azizim, malagim”, — degan so‘zlarigina qulog‘imga chalindi. Dag‘-dag‘ titray boshladim. Yiqilib tushmaganimda ham, sharpa qilaman, yaproqlarni shitirlatib yuboraman, deb qo‘rqar edim. Bu orada Narimon xonimning ham bir-ikkita so‘zini eshitdim... “Iltimos qilaman, Komronbey, iltimos qilaman”, — deyar edi u. Nihoyat, ovozlar tindi. Narimon sekin-sekin devor tomon yurdi, qo‘shni bog‘da boshqa birov bor-u, uni ko‘rmoqchi bo‘lganday, oyoqlarining uchiga turib qaradi. Komron esa uning orqasida nima qilishini bilmayotganday turardi... Bo‘lamning birdan u tomonga yurganini, qo‘llarini ko‘targanini ko‘rdim... Yuragim qini- dan chiqib ketayozdi, “axiyri aqli boshiga keldi, bu yomon xotinga shapati otadi”, deb o‘ylayman. Komron shunday qilsa qolsa, men ham ho‘ngrab o‘zimni daraxtdan tashlay- man, u bilan umrbod yarashaman. Lekin u maxluq bunday qilmadi. Qizlarnikiga o‘xshash oppoq qo‘llari bilan Narimonning yelkalaridan, keyin esa bilaklaridan mahkam ushlab o‘zi- ga tortdi. Quchoq quchoqqa, nafas nafasga tutashdi. Chinor barglari orasidan tushgan oy yorug‘ida ikkovining sochlari bir-birinikiga aralashib ketganini ko‘rdim. Yo rabbiy, bu qaday razolat, qanday razolat-a! Butun vujudim dag‘-dag‘ titrardi. Bir oz avval ularga g‘alati bir o‘yin ko‘rsatib qo‘yishga qaror qilgan bo‘lsam, endi meni se- zishmasin deb o‘takam yorilardi. Haqiqiy qushga aylanib, bu shoxlardan ko‘kka parvoz qilishni, osmondagi oy manzilida g‘oyib bo‘lib, bu dunyodagi odamlarning yuzlarini ko‘rmaslikni nechog‘lik istar edim!.. Lablarimni barmoqlarim bilan siqib turganimga qaramay, og‘zimdan bir ovoz chiqdi. Bu faryod bo‘lsa kerak. Lekin pastdagilar tushunguncha faryodim qahqahaga aylandi. Uyatsizlarning o‘sha damdagi talvasasini, qo‘rquvini bir ko‘rsangiz edi! Bir ozgina oldin oyoqlarini oy yog‘dusi kabi yerga tegizmay yurayotganday tuyulgan baxtiyor tul endi daraxtlarga urilib, qoqinib-suqinib qocha boshladi. Xolavachcham ham shunday qilmoqchi bo‘ldi. Lekin Narimon izidan bir necha odim bordi-yu, keyin nima o‘ylasa o‘ylagandir, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib qaytib keldi. Men qiladigan boshqa ish topolmaganim uchun hamon kular edim. U mashhur “Qarg‘a bilan Tulki” ertagidagi tulki singari, daraxt tagida u yoq-bu yoqqa yura boshladi. Nihoyat, uyatni bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib: — Farida, jonginam, bir oz pastroqqa tusha olasizmi? — dedi. Men kulgini to‘xtatib, jiddiy ohangda: — Nima ishingiz bor? — dedim. — Hech... senga gapim bor edi-da... — Mening esa siz bilan gaplashadigan gapim yo‘q... Rohatimni buzmang. — Farida, hazilingni qo‘y... — Hazilimni? Nega qo‘yar ekanman? — Lekin haddingdan oshyapsan... Sen pastga tushishni xohlamasang, men tepaga chiqishim mumkin. Ana xolos, bunisiga nima deysan! Yo‘lda ketayotganida kichkinagina ko‘lob suvni ko‘rib esankirab qoladigan, hatlashga qaror berishdan avval tuflilariga, suvga uch-to‘rt marta qarab oladigan, kursiga o‘tirish oldidan shimining tizzalarini barmoqlarining uchi bilan ushlab yuqori tortib qo‘yadigan nozik, nozanin bo‘lamning daraxtga chiqmoqchi bo‘lgani-chi, qo‘y, kulma! Shu kecha Komron chindan ham vahshiylashgan edi. Pastdagi shoxlardan biriga osilib chiqdi, keyin yana ham yuqori chiqish harakatiga tushdi. Shu kecha u bilan daraxt ustida yuzma-yuz kelish fikri nimagadir meni hayiqtirardi. Uchrashsak falokat yuz berardi. Uning yashil ilon ko‘zlarini yaqindan ko‘rsam, daraxt |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling