* * *
Qusha-da-si, 25 sen-tyabr.
Hayotni rasvogarchilikdan iborat deganlar naqadar to‘g‘ri aytishgan!
* * *
So‘nggi voqeani daftarimning so‘nggi sahifasiga boricha yozayotibman. O‘zimdan na
bir e’tiroz so‘zi va na bir tomchi ko‘z yoshi qo‘shaman. Men buni istamayman.
Xayrullobey meni chorbog‘da ikki kun kutdirdi. Uchinchi kecha tashvishim shu daraja-
ga yetdiki, ertasiga ertalab nima bo‘lsa ham arava qo‘shtirib, o‘zim shaharga tushishga
qaror qildim. Lekin ertalab uyg‘onsam, o‘zi kelib qolibdi.
Beg‘am, beparvo Xayrullobeyni hech mahal bunchalik parishon, bunchalik charchagan
avzoda ko‘rmagan edim. Har mahalgiday sochlarimga lablarini tegizdi-da, yuzimga
diqqat bilan qarab:
— Eh, xudo jazolarini bersaydi! Tuf!.. — dedi.
Boshimga yangi falokat tushganini payqadim, lekin so‘rashga jur’at etmadim.
Xayrullobey qo‘llarini cho‘ntaklariga solib olib, ancha o‘ylanib yurdi. Keyin qo‘llarini
yelkalarimga qo‘yib:
— Kichkina, bir nima bilganga o‘xshaysan, — dedi.
— Yo‘q, doktorbey.
— Bilasan, bo‘lmasa indamay o‘tirmas eding. Albatta surishtirarding.
G‘oyat og‘ir, jiddiy hayajon bilan:
— Yo‘q, doktorbey, hech narsadan xabarim yo‘q, — dedim. — Faqat ta’bingizning tir-
riqligini, iztirob chekayotganingizni ko‘rib turibman, biron qayg‘ungiz bor. Mening ham
homiyim, ham otam bo‘lganingiz uchun sizning qayg‘ungiz mening ham qayg‘um, shun-
day emasmi? Nima bo‘ldi?
— Farida qizim, o‘zingni yetarli darajada quvvatli sezasanmi?
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Do'stlaringiz bilan baham: |