Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
111 — Shu kichkina qizni menga bering. O‘zimga qiz qilib olay, bag‘rimda asray. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, u bechora o‘gay onasining qo‘lida xazon bo‘ladi. Oqsoqol ko‘zlarini yumdi, soqolini titkilab o‘ylanib turdi. Keyin: — Juda yaxshi, qizim, haqiqatan ham savob ish qilgan bo‘lasan, — dedi. — Demak, Munisani menga berasiz? — Otasi narigi bolalarini zo‘rg‘a boqolmaydi-yu, bermay nima qiladi. Yo‘q desa, qo‘liga besh-o‘n qurush beramiz-da. O‘shanda suyunganimdan jinni bo‘lib qolmaganimga hayronman. Murodimga shu qadar oson yetarman, deb o‘ylabmidim! Kechqurundan beri necha soatlab o‘yladim, qila- digan e’tirozlariga javoblar tayyorladim, yuraklarini yumshatish uchun miyamda ta’sirli so‘zlar saraladim. Hech ilojini qilolmasam, onamdan qolgan bir necha javhar marjonlarni berish qaroriga keldim. U narsalarni shu bechora yetimchani qutqazishdan ham yaxshi- roq bir yerga sarf qila olarmidim? Lekin bu fidokorliklarimning hech biriga hojat qolmadi. Munisa bir jonli qo‘g‘irchoqdek qo‘llarimga tutqizilmoqda edi. Men boshqalar singari emasman, juda sevingan, baxtiyor bo‘lgan damlarimda tuyg‘ularimni so‘z bilan anglata olmayman. Albatta, ro‘paramdagi kishining bo‘yniga osi- lishim, uni o‘pishim, tortqilashim kerak. Oqsoqol afandi ham o‘sha dam xuddi shuday tahlika ostida edi, lekin tirish qo‘lining bir marta o‘pilishi bilangina qutulib ketdi. Ikki soatdan so‘ng oqsoqol Munisaning otasi bilan maktabga kirib keldi. Men u kishini badburush, vahimali, zolim odam, deb o‘ylab yurardim. Holbuki, kichkinagina, kasal- mand, yupun bir chol ekan. Menga istambullik ekanini, lekin qirq yilchadan beri yurtini ko‘rmaganligini aytdi. Chi- gal tushni aytayotgandek Sarier, Oqsaroy haqida chalkash-chulkash qilib gapirdi. Munisani menga berishga rozi edi. Lekin qiziga juda joni achiyotganini sezdim. Bola- ning baxtini ochish uchun qo‘limdan kelganini ayamasligimni, uni o‘z bolamdan afzal ko‘rib tarbiyalashimni, har doim o‘ziga ko‘rsatib turishligimni va’da etdim. Zaynilar qishlog‘ining kambag‘al, qorong‘i maktabi shu vaqtgacha bunday bir bayramni, bunday bir shodu xurramlikni ko‘rmagandir. Munisa ikkalamiz quvonchimizdan uylarga, dahlizlarga sig‘masdik. Bunga aminman. Qahqahalarimiz bo‘g‘otlarda mudrab yotgan qush- larni uyg‘otib yuboradigan darajada shiftlarga urilib jaranglardi. Munisa bir necha soat ichida kichkina, nozikkina xonimga aylandi. Qizil chitdan ko‘yla- gim bor edi, uni kiymay qo‘ygan edim. O‘shani bir oz toraytirib, kaltaroq qilib qizchamga ajoyib kostyum qilib berdim. Munisa shu kiyimda bir ho‘plam suvdek, og‘izga solish bilan erib ketadigan shokolad konfetdek bo‘lib qoldi. Qor bir kun avvalgi shaxtidan birmuncha qaytgan bo‘lsa ham, hamon yog‘ib turar edi. Qorong‘i tushmasdan avval bolani qo‘lidan yetaklab boqqa olib chiqdim. Xaticha xonim Zayni otaning chiroqlarini yoqqani ketguncha birga-birga yurdik, o‘ynashdik, quvlashdik, mozor toshlari orasida qor otishdik. Quvnoqligimiz qari kampirning ham shodon yuziga kulgi chiqardi. — Qani, ichkari kiringlar endi! Sovqotib, kasal bo‘lib qolasizlar, — deyar, shirin-shirin kulardi. Sovqotish? Odamning ichida quyoshlar chaqnar ekan-u, yana u sovqotarmishmi!.. Bu oqshom osmon menga shoxlarini g‘arbdan sharqqa qadar cho‘zib yuborgan da- raxtga o‘xshab ko‘rindi. U sekin-sekin tebranganda ustimizga oq gullarini to‘kkan katta- kon jasmin butasiga o‘xshardi. * * * Zay-ni-lar, 30 de-kabr. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling