Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
— Hechqisi yo‘q, qizim, hechqisi yo‘q. Asab tutqalog‘i, o‘tib ketadi, bolam. Voy, be-
chora bolam-e!  
Ko‘zlarimdan yoshlar quyilar, ovqat tiqilib qolgan qush bolalari singari og‘zimni katta 
ochib hiqillar, titrar ekanman, qari do‘stim derazaga o‘girildi-da, qorong‘ida uzoqlarga 
musht do‘laytirib: 
— Xudo jazongni bersin! Oyday qizni xarob qilding, — dedi. 
Yolg‘iz qolsam, shunday kasallik, umidsizlik tutqalog‘iga qanday bardosh beraman, nima 
qilaman? Buni qaranglar... Hozir shu aqlga sig‘adigan narsami? Doktor hech bo‘lmaganda bir 
oy, balki bundan ham ko‘proq yonimdan jilmaydi... 
*  *  * 
Ola-jaqoya chor-bog‘i, 10 sen-tyabr. 
Bir haftadan beri Olajaqoya chorbog‘idaman. Xayrullobey bundan o‘n kun avval: 
— Farida, Olajaqoyada bitta chorbog‘im bor. Ancha vaqtdan beri xabar olganim yo‘q. 
Ishchilarni bo‘sh qoldirib bo‘lmaydi. Seni o‘n-o‘n besh kunga olib ketaman. Bahonada 
havoni o‘zgartirasan, bahring ochiladi. Hademay maktablarda o‘qishlar boshlanadi, ana 
undan keyin butun yil qimirlay olmaysan, — dedi. 
— Doktorbey, bag‘ri keng yerlarni juda yaxshi ko‘raman, lekin nachora, maktablar-
ning ochilishiga oz qoldi. Hayronman, qanday bo‘lar ekan? — deb javob berdim. 
Doktorbey jahli chiqib yelkasini uchirdi. 
— Iya, borasanmi, deb so‘raganim yo‘q-ku sendan! Unday bo‘larmikan-bunday bo‘lar-
mikan deganing nimasi? Men senga “olib ketaman”, dedim. Doktorning ishiga nimaga 
aralashasan? Raport yozaman-u zo‘rlab olib ketaveraman, yur bu yoqqa!  Tur, bir-ikki 
qator kiyim-kechagingdan, keyin uch-to‘rtta kitoblardan ol. 
Xayrullobey menga xuddi maktab bolasiga buyurganday buyurdi. Kasallik irodamni 
zaiflashtirib qo‘yibdimi, unga hech bas kelolmayman. Qizig‘i shuki, bundan zorlanmay-
man, aksincha, unga itoat qilish o‘zimga yoqadi. 
Doktorning chorbog‘i qarovsiz qolgan ekan. Lekin o‘zi nihoyatda dilkash joy! Qishda 
ham bu yerlar bahorga o‘xsharmish. Bir ajoyib tepalik borki, tomosha qilgan bilan odam 
to‘ymaydi. Bu yer havoning avzoiga: buzuq yo ochiq, erta yo kech ekanligiga qarab tusi-
ni o‘zgartirib, qizil, pushti, naparmon, oq, hatto qora ranglarda tovlanib turadi. Shuning 
uchun ham bu yerni “Olajaqoya” deb atashgan. 
Chorbog‘ meni kutganimdan ortiq mashg‘ul qildi. Molboqar xotinlar bilan sut sog‘ish-
dim. Endi men bilan ham do‘stlashib qolgan Duldulga minib, atrofdagi chakalakzorlarga 
boraman. Qisqasi, men orzu qilgan keng bag‘rli bahavo hayot. 
Shunday bo‘lsa ham ko‘nglim tinch emas. Bir necha kundan keyin maktab ochiladi. 
Ishimga borishim, binoni supurtirib-sidirishim kerak. Xayrullobeyga esa hech gap uqtirib 
bo‘lmaydi. U kechalari menga romanlar o‘qitadi. 
— Bulardagi qovushmagan safsatalarga chidab bo‘lmaydi, lekin ular sening og‘zingdan 
boshqacha, yoqimli bo‘lib chiqadi, — deydi. 
Kecha kechasi unga yana kitob o‘qib berdim. Ba’zan ochiq so‘zlar uchrab qoladi. Ular-
ni  o‘qishga uyalib, o‘rinlariga darhol boshqa so‘z qo‘yib yoki shunday jumlalarni tashlab 
ketib o‘qiyman. Xayrullobey bo‘lsa shoshib qolganimni sezib, shiftni yiqitgudek qahqaha 
ko‘taradi. 
Birdan qorong‘ida itlar hura boshlashdi. Derazani ochib qaradik. Chorbog‘ eshigidan 
bitta otliq kirib kelaverdi. 
Xayrullobey: 
— Kim u? — deb so‘radi. 
O‘nboshining ovozi eshitildi: 
— Menman. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling