Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
212 Mujgon necha yillardan beri Komron bilan urishib, xotinlar qalbidagina bo‘ladigan qat- tiq g‘azab bilan arazlab yurardi. Uning yonida Faridadan aslo og‘iz ochmasdi. Komron bog‘ oralab sekin-sekin yurib kelayotganda anchagina qorong‘i tushib qolgan bo‘lsa ham, hali ro‘paradagi tog‘lardan shafaq ketmagan edi. Yaproqlarning chetlari so‘li- sha boshlagan kechki binafshaga o‘xshash tun boshlanmoqda edi. Yigit bog‘ orasidagi so‘qmoqlardan birining yonida to‘xtab, yonar qo‘ng‘izlarning yul- duzchalari ora-sira chaqnab turgan yashil qorong‘ilikka uzoq tikilib qoldi. O‘sha kechqurun Farida shu so‘qmoqdan yugurib chiqib kelgan edi. Choliqushi egnida kaltagina matroscha ko‘ylak, boshida tevaragidan sochlari chiqib turgan shapka bor edi. U poshna- siz botinkalarining uchi bilan toshlarni tepib oldinda yugurib borganini Komron hozir ham ko‘z o‘ngida ko‘rganday edi. Vaqt etagini tutqazmay chopadi. Komron uydagilarning tashvishlarini bilgani holda ke- tishni istamay, eski bir ro‘yoning izlarini axtarayotgandek, yo‘llarda kechikadi. Uzoqda, ko‘cha eshigi oldida oq ko‘ylakli bir xotin qorasi ko‘rindi. Mujgon ko‘pincha kechki paytlar kichik o‘g‘ilchasi bilan ko‘chaga chiqar, uni qo‘ltiqlaridan ushlab yurishga o‘rgatar edi. Mujgon bo‘lasini uzoqdan ko‘rib, qo‘llarini silkita boshladi. — Komron, muncha imillamasang? Qayoqlarda qolib ketding? — O‘zim, Mujgon... Havo yaxshi... Bu safar Mujgonning yonida o‘g‘ilchasi yo‘q edi. Lekin ahvolida bir shoshqinlik, doimiy sokin yuzida hayajon ko‘rinardi. — Mujgon, senga nima bo‘ldi? Juvon bir narsalar aytgisi kelar, lekin so‘z topolmay qiynalar edi. Ular eshik tepasidagi chiroqdan ko‘kimtir nur tushib turgan hovliga kirishdi. Mujgon o‘zini bir odim chetga oldi-da, eshik bilan ichkari devor o‘rtasidagi burchakka imo qilib: — Qara-chi, Komron, bugun kim kelibdi! — dedi. Komron ajablanib qaradi-yu, ichkari eshigi tepasidagi chiroqdan tushib turgan moviy yorug‘da, yaqinginasida Faridaning chaqnagan ko‘zlarini ko‘rdi. Ichida moviy o‘t porla- gan bu ko‘zlar kular, bir oz so‘lg‘in, bir oz ozg‘in yuzi kular, olti yildan beri sog‘inib- sarg‘ayib, ko‘zlarini yumib turib xayolida qidirgan kezlari ko‘rgandagiday yaqinginasida, qalbining ichida kulardi. Komron gandiraklab ketdi, ko‘rayotgan shirin tushining tarqali- shidan qo‘rqqan kishidek bir zumgina ko‘zlarini yumdi, suyanib oladigan biron narsa bor- mikan, deb tevaragiga javdirab qaradi. Bir-birlariga aytgulik so‘z topolmay titrab turi- shar, lablari bir-birlariga kulishga harakat qilsa ham, ko‘zlarida yosh parda tortib borar- di. Mujgon bu daqiqaning og‘irligini sezdi shekilli, Faridaning qo‘lidan ushlab Komronning oldiga olib keldi. Keyin hazil-mutoyiba qilib: — Xolavachchalar ham bir-birlariga aka-uka bo‘ladi,— dedi. — Faridaning akasi yo‘qli- gi uchun sen bunga aka hisoblanasan. Komron, singling bilan ko‘rish, “xush kelibsan”de. Komron hanuz og‘iz ocholmay turardi. Mujgonning taklifidan so‘ng boshini asta egib, Faridaning sochlariga lablarini tegizdi-yu, qulog‘iga shivirlaganday nihoyatda past tovush bilan: — Sizni yana ko‘rganim uchun qanchalar suyunganimni ifoda etishga so‘z topolmay- man, Farida xonim, — dedi. Bu so‘z Faridaga dalda berdi. — Tashakkur, Komronbey, men ham juda xursand bo‘ldim... Choliqushining burungiday sof, jarangdor ovozida mung bor edi. Billur yorilganda shunday ovoz beradi. — Qachon keldingiz? — deb so‘radi Komron. — Bugun, choshgohda. Lekin Istambulga kelganimga o‘n kun bo‘ldi. Uyga borsam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling