Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
225 — Tushungin axir, iloji bo‘lganda edi, men bunday tisarilib turmas edim. Nima qilay- lik, qo‘limizdan hech narsa kelmaydi. Axir Farida boshqa odamning xotini, bechoraning boshi bog‘liq. Ko‘rib turibman, sen ham juda baxtsizsan. Ilgarigiday sendan xafa emas- man. Lekin, nima qilaylik, nochormiz... * * * Faridaning ertaga ketishi hammaning qulog‘iga yetgan bo‘lsa ham, uydagilarning hech bittasi bundan og‘iz ochmadi. Kechki ovqat chuqur jimlik ichida o‘tdi. Shu oqshom Azizbey yana ham qarib ketganday ezgin ko‘rinardi. U Faridani yoniga o‘tqazib olib, tez-tez yelkalari- ni silaydi, iyagidan ushlab yuzini o‘ziga o‘giradi, ko‘zlariga tikilib: — Oh, Choliqushi! Qariganimda meni xarob qilding-da, — deyar edi. Shu kecha hamma o‘z xonasiga barvaqt kirib ketdi. VIII Vaqt yarim kechadan oshgan. Chorbog‘ dong qotib uxlamoqda. Mujgon xonasidan chiqdi. Boshiga yupqa ro‘mol tashlab olgan, bir qo‘lida shamdon. Goh oyoqlarining uchini bosib, goh to‘xtab, Komron yotgan xonaning eshigiga keldi. Ichkarida na sharpa va na chiroq. Juvon eshikni sekin taqillatdi, keyin juda past tovush bilan shipshidi: — Komron, uxlayapsanmi? Eshik darhol ochildi. Komron yechinmagan edi. Sham yorug‘ida yuzi yana ham so‘lg‘in, yana ham horg‘in ko‘rindi. Bu xira yorug‘ ko‘zlarini qamashtirayotganday, kiprik- larini pirpirata boshladi. — Hali ham yotganing yo‘qmi, Komron? — Ko‘rib turibsan-ku. — Nega chirog‘ingni o‘chirding? — Shu kecha chiroq ko‘zlarimni achishtiryapti. — Qorong‘ida nima qilyapsan? Komron achchiqqina kuldi. — Hech, umidsizlik, baxtsizlik zahrini yutib o‘tiribman. Xo‘sh, o‘zing nega bemahal kelding? Nima ishing bor? Mujgon hayajonini zo‘rg‘a bosib: — Bitta g‘alati xabar olib keldim. Hovriqma, Komron, o‘zingni bos, aytib beraman, — dedi. Mujgon ichkariga kirdi, shamni stolga qo‘yib, eshikni sekin yopdi, keyin gapini nima- dan boshlashini bilmayotganday bir oz ikkilanib turgach, yurak dukurini bosishga hara- kat qilib, vazmin tovush bilan: — Hovriqma, o‘zingni bos, Komron, — dedi. — Yomon xabar olib kelganim yo‘q, ak- sincha, yaxshi xabar. Lekin hayajoning shunday balandki... Juvon uni bosishga harakat qila turib, o‘zi hovriqar, ko‘zlariga yosh chiqib, ovozi titrar edi. — Komron, bir oz avval Farida mening hujramga kirdi. Rangida qon qolmapti, ahvoli allaqanday. “Mujgon, men shu mahalgacha qalbimni faqat sengagina ochib kelganman, — dedi. — Dunyoda sendan yaqinroq hech kimim yo‘q. Senga aytadigan yana bitta sirim bor, buni ertaga men ketgunimcha saqlaysan, keyin aytishing mumkin. Bilaman, qo‘qqisdan kelib qolganimni ko‘rib, hammanglar hayron bo‘ldinglar. Sizlarni shunchalik sog‘indimki, ortiq chidayolmadim, deb aytdim, to‘g‘ri aytdim. Lekin asosiy sabab bunda emas. Men bu yerga dunyoda eng yaxshi ko‘rgan kishim uch oy avval o‘lim to‘shagida yotganda unga bergan va’damni bajarish uchun kelganman. Mujgon, sizlarga yolg‘on ay- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling