Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
72 Maorif ministrligida inobati yo‘q ekan. Bu diplom bilan sizni ishga tayinlab bo‘lmaydi. — Xo‘p, lekin mening taqdirim nima bo‘ladi? Bu ma’nosiz savol ixtiyorsiz lablarimdan uchdi. Mudir yana ko‘zoynagini taqdi, keyin men bilan hazillashayotganday qilib: — Endi u yog‘ini, ijozatingiz bilan, o‘zingiz bilasiz, — dedi. — Shuncha ishlar ustiga sizning ham taqdiringizni o‘ylaydigan bo‘lsak, holimizga voy. Umrimda zahrini hech mahal unutmaydigan minutlarimdan biri shu edi. Hayhot, taqdirim nima bo‘ladi?! Yaxshimi-yomonmi, yillarcha zahmat chekdim. Shu yoshimda eng uzoq yerlarga ot- langan edim. Shunday bo‘lgani holda meni quvmoqdalar. Endi men nima qilaman? Yana xolamning uyiga qaytganimdan ko‘ra o‘lganim yaxshi! Chiqmagan jondan bir umid, deb narigi mudirning oldiga yugurdim. Yig‘lab yubormas- lik uchun tishlarimni qisib turib: — Bey afandim, mening diplomim yaramas emish, nima qilay endi? — dedim. Shu so‘zlarni aytib turib o‘zimni anchagina yo‘qotib qo‘yibmanmi, boyoqish qattiq xafa bo‘ldi. — Men nima qilay, qizim? Birovga birovning joni achimas ekan, — dedi. Shu shafqat yuragimga ancha dalda bo‘ldi. — Bey afandim, men albatta ish topishim kerak. Hech kim xohlamagan, eng uzoqdagi qishloq bo‘lsa ham mayli, jon-jon deb boraman, — dedim. Mudir tuyqusdan esiga bir narsa tushganday: — To‘xta, qizim, — dedi. — Yana bir tavakkal-da... Burchakda, deraza yonida novcha, barvasta bir bey gazeta o‘qib o‘tirgan edi. Yuzi ko‘cha tomonga o‘giriklik bo‘lgani uchun endi oqara boshlagan sochlari bilan soqolining bir qisminigina ko‘rib turgan edim. Mudir shu kishiga qarab: — Bey afandim, bir zumgina ijozat beradilarmi?— dedi. U hech nima demasdan o‘girildi, og‘ir-og‘ir odimlar bilan yonimizga keldi. Mudir qo‘li bilan meni ko‘rsatib: — Bey afandim, siz savobni yaxshi ko‘rasiz. Bu qizcha frantsuz maktabini bitirib chiqqan ekan. Ahvolidan, so‘zlaridan kibor oila bolasi ekanligi bilinib turibdi. Lekin, bila- siz, sho‘ru g‘avg‘oga uchramaydigan birgina olloh. Ishlamasa bo‘lmas ekan. Eng uzoq qishloqqa bo‘lsa ham boraman, deydi. Bizning kattakonlarimizni o‘zingiz bilasiz-ku. Tav- sifga nima hojat? “Bo‘lmaydi!” deyishadi-yu bez bo‘lib turaverishadi. Siz ministr bey afandiga bir-ikki og‘iz shipshib qo‘yish marhamatida bo‘lsangiz olam guliston-da, jonim bey afandi, — dedi. Mudir bu so‘zlarni gapira turib, uning bemavrid mehnat yuki ostida cho‘ka boshlagan yelkalarini silardi. Kiyinishidan, o‘zini tutishidan men tanigan odamlarning hammasidan boshqacha ekanligini tushundim. Mudirga quloq solib turib astagina egildi, yaxshiroq eshitish uchun qo‘lini qulog‘ining orqasiga qo‘ydi. Bir oz qonli, lekin yumshoq, mungli ko‘zlarini menga o‘girdi, bo‘g‘iq bir tovush bilan frantsuzcha so‘zlay boshladi. Qaysi maktabdan chiqqanimga, qanday o‘qiganimga, nima qilmoqchi ekanimga oid savollar berdi. Qaytargan javoblarimdan xursand bo‘lgani sezilib turardi. Biz so‘zlashib turganimizda bo‘lim mudiri nash’a qilib kulardi. — Frantsuzchani bulbulday sayraydi-ya, yo olloh! Turk qizi uchun maqtovga sazovor bir fazilat, — deyardi. Gulmisol xalfa har doim “Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘”, deyardi. Mana endi kattakon shoir ekanligini men keyincha bilib olgan o‘sha mehribon kishi men- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling