Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
O‘qituvchilar Huriya xo‘jonimni divanga yotqizishdi, yuziga suv sepishdi, nashatir hid-
latib, ko‘ylagining yoqalarini yechishdi, burga talagan ko‘kragini ishqashdi. 
Men butunlay o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, qo‘limda portfel, nima qilishimni bilmay bur-
chakda jim turdim. 
Hali eshikdagi o‘quvchilarni quvib chiqargan muallima ko‘zoynagi ustidan menga 
xo‘mrayib qaradi. 
— Qizim, odamgarchiligingga hayron bo‘lib qoldim! Buning ustiga yana kulib o‘tirib-
san, — dedi. 
Ta’na qilishga haqqi bor edi. Afsuski, o‘zimni tutolmay kulimsirayotgan edim. Huriya 
xonimdan emas, o‘zimni yo‘qotib qo‘yganimdan kulayotganimni u boyoqish qaerdan bil-
sin? 
Lekin kulgan bir mengina emas edim. Uzun bo‘yli, tim qora ko‘zli bir yosh juvon ham 
piqillab kulayotgan edi. U yonimga kelib, qulog‘imga shivirladi: 
— Bilmaganlar: bu xotinning eri ustiga xotin olipti, uyiga kundosh olib kelipti, deb 
o‘ylaydi. O‘lay agar, shaytonlagani yo‘q, alamidan qilyapti. 
Huriya xonim ko‘zlarini ochdi; burnidan, betlaridan suv oqar edi. Qornida bomba port-
laganday gurillatib kekirar, boshini likillatib chinqirardi: 
— Voy do‘stlarim, menga nima bo‘ldi? Shuncha yoshga kirganimda hali boshimda shu 
savdolar ham bor ekanmi?! 
“Bulbulning sho‘ri — tilidan” deyishadi, to‘g‘ri gap. Men yana bir ehtiyotsizlik qildim. 
Qaysi go‘rdan ham hol so‘rab qoldim! 
— Bir oz yaxshi bo‘ldingiz shekillik? Xudoga shukur, — debman. 
Ajab bo‘ldi, o‘zimga o‘zim qildim. Huriya xonim biram shanqib berdiki, buni so‘z bilan 
aytib berolmayman. Voy sho‘rim, nimalar demadi-ya! Joniga qasd qilishga qilib qo‘yib, 
keyin hol so‘raganmishman. Dunyoda bundan ortiq yuzsizlik, hayosizlik, tarbiyasizlik 
bo‘lmasmish! 
Bir burchakka tiqilib, uyalganimdan ko‘zlarimni yumib oldim. Muallimalar Huriya xo-
nimni hech tinchita olishmas edi. Ovozini pardama-parda ko‘tarib borar, shunday so‘zlar 
aytardiki, markaziy rushdiyada emas, ko‘chada ham bunday so‘zlar og‘izga olinmasdi. 
Qanday narsa ekanligim yuzimdan ko‘rinib turgan emish. Uning og‘zidagi oshini olish 
uchun kim biladi, ministrlikda necha kishiga... 
Burchakda turibman, ko‘z oldimni qorong‘ilik bosar, vujudim muzlab borar, tishlarim 
takirlardi. Eng dahshatlisi shu ediki, boshqa muallimalar ham uning gapini ma’qulla-
shayotganday bir avzoda edilar. 
Birdaniga allakim o‘rtadagi stolga bir musht tushirdi. Stakanlar bilan grafinlar jiringlab 
ketdi. 
Musht tushirgan kishi haligina men bilan birga kulishgan tim qora ko‘zli yosh juvon 
edi. U hozir qoplonga aylangan edi. Ko‘tarilgan sari jahlga aylanib borgan bir tovush bi-
lan qichqirdi: 
— Mudira xonim, bu qanaqa mudiralik? Bu xotinning boshqa bir muallima nomusiga til 
tegizishiga nima uchun yo‘l qo‘yasiz? Biz axir qaerdamiz? Agar yana bir og‘iz so‘z ayti-
shiga yo‘l qo‘ysangiz, uni emas, sizni sudga tortaman. Bu xotin o‘zining qaerdaligini esi-
dan chiqarib qo‘yyapti! 
Qora ko‘z muallima bu gal ham yer tepinib, narigi xo‘jonimlarga hujum qila ketdi. 
— Ofarin, sizlarga, dugonalar! Juda xursand qildinglar! Maktab ichida o‘z kasbdoshi-
mizning haqorat qilinishiga shunday xotirjam qarab tursanglar-a!.. 
Oraga bir zumda jimlik cho‘kdi. Huriya xonim yolg‘iz qolayotganini bilib yana yig‘lash-
ga, jazava boshlashga tutindi. Yaxshiyamki, birdan darsga qo‘ng‘iroq chalinib qoldi. Mu-
allimalar daftarlarini, kitoblarini, tikish-bichish savatlarini ko‘tarib tarqala boshladilar. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling