Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Bolalarni oilada maktabga tayyorlashda kun tartibining ahamiyati


Download 0.74 Mb.
bet53/67
Sana16.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1496404
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
,0000063

Bolalarni oilada maktabga tayyorlashda kun tartibining ahamiyati. Olti yoshli bolalarni maktab faoliyatidagi kun tartibi juda murakkab vazifa bo‘lib, ayrim ota-onalar bu mas'uliyatni, ayniqsa, bola hayoti va maktabgacha yoshdan o‘tish davrida muhimligini his kilmaydi. O'qish davrini birinchi yili 1- sinf o‘quvchilariga katta talab qo‘yiladi. Bola mehnat tizimiga tayyorlanadi, unda yangi majburiyat va mas'uliyatlar paydo bo‘ladi. Unga belgilangandanda ko‘proq harakatlanish to‘g‘ri keladi. Oila tashkil qilib bergan barcha kun tartibi va maxsus shug‘ullanish hamda idrok etishga bog‘liq ta'limiy faoliyat bolani maktabda o‘qishga yaxshi tayyorlash mumkin. Bolalar uchun to‘g‘ri tashkil etilgan bir kunlik kun tartibini uni nafaqat bilimiga, balki sog‘ligini mustahkamlashga yordam beradi.
Kun tartibini birdaniga o‘zgarishi bola ruhiyatiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onalarga kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish uchun birinchi jadval yordam beradi.
Olti yoshli bolaning oiladagi taxminiy kun tartibi.( 1-jadval)

Tartibli lahzalar

Vaqti

Uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, yuvinish.

8-00-8.45

Nonushta

8-45-9.15

Sayr

9-15-10-00

Mashg‘ulot

10-00-11-00

Sayr, o‘yin va ko‘ngil ochish toza havoda

11-00-12-45

Tushlik va kundo‘zgi uyquga tayyorgarlik

12-45-13-00

Kunduzgi uyqu

13-00-15-00

Mashg‘ulot

15-00-16-30

Sayr toza havodagi o‘yin

16-30-18-00

Tinch o‘yin

18-00-20-00

Kechki uyquga tayyorgarlik, yuvinish, tishini

20-00-20-30

tozalash

20-30

Uyqu



Kun tartibi umumiy ko‘rsatkich asosida olinib: kunduzi va kechki uyqu, gigiyenik tayyorgarlik, yetarlicha toza havodagi faol harakatdan turli mashg‘ulotlarni olish bu navbatma navbat almashtirish va ovqat ratsionidan iborat. Me'yoridagi uyqu vaqtida bola organizmi dam oladi uni ishchanlik qobiliyati tiklanadi. Sog‘lom bolani har kuni bir vaqtda uxlashga o‘rgatsak, tezda ko‘nikib, uxlab qoladi. Belgilangan vaqtga bolani uxlashga va uyg‘onishga odatlantirish juda muhim. Uyqudan oldin asosan kechki uyqudan oldin bola tinch va xotirjam bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin kattalar bolalarga kiyimlarini va oyoq-kiyimlarini saranjomlashga o‘rgatadilar. Keyin bolalar umumiy gigiyena qoidalarini amalga oshiradilar.Nafaqat gigiyena orqali emas, suv bilan chiniqish asab tizimiga ta'sir ko‘rsatadi.Bu har kuni bir vaqtda amalga oshirilsa, bola tezda uyquga ketishiga yordam beradi. Bola o‘rni ozoda, juda qattiq ham yumshoq ham bo‘lishi kerak emas.Shu kabi tovushlar, chiroq, radio ovozi, qattiq gaplashish bola uyqusiga xalaqit beradi. Bola tez-tez shamollatib boriladigan xonada uxlashi zarur. Sovuq kunlarda xona harorati +18 gradus bo‘lishi kerak. Kechki uyqu 11.5, 12 soatga cho‘zilishi mumkin. Maktab yoshidagi bola har kuni kamida 4 soat ochiq havoda bo‘lishi shart. Ochiq havoda bolani yurishi uni hayotiy jarayonlarini (moddalar almashinuvi, nafas va yurak qontomir tizimiga)chiniqtirish faoliyatini kuchaytiradi. Qishda sovuq havoda bolalarni ochiq havoda bo‘lishi kamaytiriladi, yozda esa bolalar ko‘proq kun davomida ochiq havoda bo‘lishlari zarur. Bolaning kuni ertalabki badan tarbiyadan boshlanishi kerak.Jismoniy mashq bolalarda kuch va qiziqish uyg‘otadi. Badantarbiyadan keyin bolalarda chiniqish holatlari: xo‘l sochiqqa artinish yoki sovuq suvda yuvinish olib boriladi. So‘ngra bola kiyinadi, tishini tozalaydi, yuvinadi. Sochini tartibga soladi. Shaxsiy gigyiena qoidalarini kuzatishda bolani sog‘ligini saqlashga e'tibor berishi shart. Ayni maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar murakkab bo‘lmagan yangi madaniy-gigiyenik bilimlarni juda tez o‘zlashtiradi. Bolalarga gigiyenik yangi bilimlarni o‘rgatishda ota-onalar shaxsiy xulq-atvorlari, bolalarga namuna bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Bolada yuz va qo‘li uchun alohida, oyoq uchun sochig‘i, tish cho'tkasi, va tish pastasi bo‘lishi shart. Tishlarni har kuni ertalab va kechqurun tozalash kerak. Bola hayotining 8-yilida kun tartibida ona tili mashg‘uloti, hisoblash, tasviriy faoliyat, loy ishi, qurish-yasash olib boriladi. Maktabdagi pedagog maslahati ota- onalarga bolalari bilan o‘tadigan mashg‘ulotlar tarkibini aniqlashga yordam beradi. Bunday mashg‘ulotlar 1-sinf ishini o‘zlashtirishga tayyorlaydi. Amaliyotda tekshirib ko‘rilgan va o‘zini yoqlagan quyidagi mashg‘ulotni o‘tish davrlari va uning davomiyligi:


Birinchi davr - 3 ta mashg‘ulot, 20 daqiqa , ular orasidagi 10 daqiqani tanaffus bilan.
Ikkinchi davr - 3 ta mashg‘ulot 25 daqiqadan, ular orasidagi 10 daqiqali tanaffus.
Bu davrlarni 1,5-2 oyga o‘zaytirish mumkin. Olimlarning isbotlashicha, 6 yoshli bolalarda faol diqqat davomiyligi 15-20 daqiqa. Shu mashg‘ulotdayoq bolalar charchaydi, ularning mehnat qobiliyati pasayadi va 10 daqiqa o‘tmaguncha ham tiklanmaydi. Shuning uchun ham 2 ta mashg‘ulotni: savodxonlik va hisobni ketma-ket berish maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi, 2-mashg‘ulotni harakatli o‘yinlar bilan o‘tkazish kerak. Sayrdan keyin tushlik va uyqu oralig‘ida yana bitta mashg‘ulot o‘tkazsa, 3 ta mashg‘ulotni sekin-astalik bilan o‘tkazish kerak. Bola organizmi «ishga chiqishga» sekinlik bilan ta'mirlanadi. Bu davr 5-6 yoshli bolalarning 80% ida 2 daqiqadan 7 daqiqagacha uzayadi. O‘rtacha hisobda 5-6 daqiqa. Keyin ishchanlik qobiliyati yuqori darajada tiklanadi. Bu qobiliyat o‘zgarishi sog‘lom bolalar uchun belgilangan. Bolalar charchaganida ishchanlik qobiliyati va diqqati tarqoq bo‘ladi. Odatda, u tashqi ko‘rinishda, tez chalg‘ishida, havotirli harakatlarda seziladi. Kichik «jismoniy daqiqa» o‘tkazilishi bolalarni ishchanlik qobiliyati tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Kerak bo‘lsa, mashg‘ulot yana 10-15 daqiqa o‘tkazilishi mumkin. Haftani o‘tishida bolaning ishchanlik qobiliyati xarakterini o‘zgarishiga olib keladi. Seshanba kuni 6 yoshli bolalarda markaziy nerv tizimi funksional darajasi yaxshi bo‘ladi va ishchanlik qobiliyati juda baland ko‘rsatkich bo‘ladi. Chorshanbadan shanbagacha bolalarda qisqa mashg‘ulotlarda ham ishchanlik qobiliyati pasaya boshlaganini kuzatish mumkin. Dushanba ertalabki vaqt ishchanlik qobiliyati past bo‘ladi. Bunday ishchanlik qobiliyati o‘zgarishini inobatga olgan holda, bolalarga dushanda va shanba kuni tasviriy faoliyat, loy ishi, applikatsiya, qurish-yasash o'yinli ta'lim faoliyatlari o‘tiladi. Ta'limiy faoliyatdan avval xona shamollatiladi. Kattalar bolalarni ish stolini joylashishi va o‘lchamlariga e'tibor berish kerak. Stolni oyna oldiga shunday joylashtirish kerakki, yorug‘lik chap tomondan tushsin, maktabgacha yoshdalilar uchun, maxsus o‘quvchilar uchun o‘zgaruvchan o‘zunlik va qiya qopqoqqa ega bo‘lgan stolcha-parta kerak bo‘ladi. Stol o‘zunligi va stul o‘lchamlari bola bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. O‘lcham olishda uning kiyimlari inobatga olinadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling