Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Har bir naqshning (mashq uchun berilganlaridan tashqari) bajarilish


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Har bir naqshning (mashq uchun berilganlaridan tashqari) bajarilish 
darajasi. Naqshning aytib turilgandagisi hamda bola tomonidan mustaqil davom 
ettirilib bajarilgani alohida-alohida baholanadi. Eng yuqori daraja, bu –naqshning 
xatosiz chizilishi. Uni 4 ball bilan baholash kerak. Agar 2-3 ta xatosi bo‘lsa 3 ball 
qo‘yiladi. Ko‘p xatolari bo‘lsa 2 ball. Agar to‘g‘ri chizilgan qismlardan, xato 
chizilgan qismlar ko‘p bo‘lsa, bu holda 1 ball beriladi. Va nihoyat agar birorta 
chizilgan qism bo‘lmasa 0 ball qo‘yiladi. Bola naqshni aytib turilganda bajarib 0 
dan (agar butunlay noto‘gri bo‘lsa), 12 ballgacha (agar uch asosiy naqsh xatosiz 
bajarilgan bo‘lsa) umumiy ball yig‘ishi mumkin. Tashxisning aynan ushbu usulini 
tanlashimizning boisi – unda bolaning aqliy rivojlanishining barcha shakllari 
qamrab olinadi: Bilish jara
yoni (solishtirish ko‘nikmasi, umumlashtirish, tahlil 
qilish, mustaqil xulosalar chiqarish va boshq..), obrazli fikrlash, bolaning mantiqiy 
imkoniyatlari uning qanchalik aqliy rivojlanganligiga holis baho beradi. «Grafik 
diktant» bolaning o‘quv topshiriqni qanday qabul qilishini, o‘quv harakatlarini 
qanday bajara olishini aniqlashtiradi. 
Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: 
Bolaning o‘quv faoliyatiga ilk zamin va ko‘nikmalarni egallaganligi va darajasini 
aniqlash uchun J.Saidnazarova tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi 
tavsiya etiladi.


59 
I. Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma 
(motivatsion tayyorgarlik). Maqsad: Ushbu savolnoma shaxsining belgisi sifatida 
unda mas’uliyat hissi qanchalik shakllanganligi darajasini, bolaning maktab 
vazifasini qanchalik tushunib etganligini va uning maktabga munosabatini 
aniqlaydi.
1. Sen maktab-maktab o‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi? (bolaning maktabga 
munosabati va unda o‘qishga xohishi). 
2. Bu o‘yinda sen kim bo‘lishni xohlaysan: o‘qituvchimi, o‘quvchi? (savol 
bilim manbai sifatida o‘qituvchi bo‘lish istagi sababini va bilim olishga intilish 
sifatida o‘quvchi bo‘lish istagi sababini aniqlaydi). 
3. O‘qish –bu qiyinmi 
yoki oson? Nima uchun? (savol bolalardagi ta’lim 
olish jara
yonibu ko‘p mehnat qilishi lozim bo‘lgan jarayon degan tushunchaga 
oydinlik kiritadi). 
4. Katta bo‘lganingda, sen o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysanmi? (o‘qituvchi 
bo‘lish 
yoki bo‘lmaslik xohishining asosli tushunib etilishi, o‘qituvchi kasbiga 
uning munosabati). 
5. Sen maktabga bora boshlansang, popkangga nimalarni joylab borasan? 
(sanab o‘tgan narsalardan uning bilimi va maktabda nimalar bilan shug‘ullanishi 
haqidagi tasavvurlarini aniqlash mumkin).
6. Maktabingga sen sevimli o‘yinchog‘ingni olib borasanmi? Uni qachon 
o‘ynaysan? (savol bolalarning maktab tartib tizimi maktabda tanaffuslar bo‘lishi 
haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi). 
7. Nega ayrim bolalar maktabda 
yomon o‘qishadi? (bolalarda mas’uliyat 
hissining shakllanganlishi, irodaviy tayyorgarligi darajasini oydinlashtiradi). 
8. Maktabda o‘qish bolalar uchun nega kerak? (savol bolaning bilim olishga 
bo‘lgan intilishini aniqlaydi). 
9. Agar senga o‘qituvching «2» qo‘ysa, sen xafa bo‘lasanmi? Nega? (salbiy 
bahoga bola munosabatining asosi). 
10. Maktabda sen qanday baholar olishga harakat qilasan? Buning uchun 
nima qilish kerak? (bolaning ijobiy va salbiy baholar haqida bilishi). 

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling