Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова
Bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash bosqichlari
Download 33.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash bosqichlari.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar, asosan, maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada tayyorlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1. Bolalarni nutqini rivojlantirish. 2. Jismonan rivojlantirish. 3. Ma’nan rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari sog‘lom va yetuk, maktabga, o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib borishdan iboratdir. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, falsafa fani bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda bilish nazariyasiga, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rganishda etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. 11 Bolalarni maktabga tayyorlash fani ana shu ma’lumotlar negizida ta’lim- tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish masalalarini muvaffaqiyatliroq hal eta oladi, psixik voqealar va jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bolalarning rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni belgilashda yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy prinsiplarini o‘rganuvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarbiya vositalari va metodlarini, u yoki bu mashg‘ulotlarni yoki tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv tizimining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalari pedagogika o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratishda yordam beradi. Insonning voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini boshqaruvchi psixikaning qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shakllanadigan holat va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuygu, iroda va hokazo) tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fanining turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy ta’sirni ular qanday qabul qilinishini aniqlashida yordam beradi. Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim berishning ratsionalroq mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish jarayonini to‘g‘ri loyihalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani tashkil etishning samaralirok shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishda ijtimoiy psixologiya bilan qurollanadi. “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani jismoniy rivojlanish masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning faoliyatini me’yorllashtirish masalalarini o‘rganishda umumiy va ijtimoiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, maktab gigiyenasi, pediatriya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlaridagi xulosalardan foydalanadi. “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani umumiy pedagogika bilan ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy qobiliyatlari, jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash hamda ta’limning mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Shunday qilib, “Bolalarni maktabga tayyorlash” fani yuqorida keltirilgan fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib, boyib boradi. Yechilmay qolgan muammolar pedagogik nuqtayi nazardan ilmiy 12 asoslangan tarzda o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi. Bolalarni maktabga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalar mustaqil ta’lim berish orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun bolalar bog‘chalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug‘ullanadilar. Ota-onalarga maktab ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanadi. Bolaning maktabga tayyorgarligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik, vazifasini o’tashni oila yoki bog‘chadagi ta’lim- tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar qatori “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani ham o‘z fani doirasida bir qator fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi va tarakkiy etib boradi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash fani falsafa fani bilan bog‘liq ekan ushbu fanning metodologik jihatdan asoslaydi. Yosh psixologiyasi har bir yoshda bolaning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Birinchi navbatda bola ruhiyati markaziy o‘rin tutib, bu albatta, psixologiyani bilish nazariyasi bilan bog‘liqdir. Bundan ko‘rinib turibdiki, “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani barcha fanlar bilan chambarchas bog‘langandir. Download 33.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling