Microsoft Word Документ Microsoft Word (2). docx


Download 80.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi80.98 Kb.
#230704
1   2   3
Bog'liq
2 5206530300204551288

Ilm-fan tili 

 

Odatda  odamlar  fikr  va  ma’lumotlarni  almashishda  og‘zaki  nuqtdan 



foydalanadilar.  Ammo  barchamiz  bir-birimizni  tushunish  qanchalik  qiyin  ekanini 

bilamiz.  Muloqot  juda  murakkab  jarayon.  Bizning  kundalik  muloqot  tilimiz  asrlar 

davomida yuz bergan madaniy o‘zgarishlar davomida rivojlangan va afsuski, bahsli 

holatlarni hal  etishda  undan  foydalanish  qiyin.  Ko‘pchilik  holatlarda  atrof-muhit  va 

hayot tajribasining o‘zgaruvchanligi tufayli aynan bir so‘z har xil odamlar uchun turli 



xil  ma’nolarga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Bir  tildan  foydalanganda  ham  fikrlar  turli  xil 

talqin qilinishi mumkin.  

 

Ammo  dunyoning  turli  nuqtalaridan  bo‘lishiga  qaramasdan  ko‘plab  odamlar 



tushunadigan til mavjud. Ushbu til moddiy dunyo bilan yuqori darajadagi uyg‘unlikka 

ega.  Bu  til  bilan  deyarli  hech  qachon  chalkashliklar  kelib  chiqmaydi.  Bizda  amaliy 

ahamiyatga ega bo‘lgan matematika, kimyo va boshqa texnik sohalar kabi turli xil ilm-

fan  yo‘nalishlarini  deyarli  universal  tarzda  tavsiflovchi  tilga  egamiz.  Bu  til  shaxsiy 

talqin erkinligiga o‘rin qoldirmaydi. 

 

Misol  uchun,  avtomobilning  texnik  chizmasi  rivojlangan  turli  mamlakatlarga 



taqdim  etilsa,  siyosiy  va  diniy  qarashlarning  har  xil  bo‘lishiga  qaramasdan  bu 

mamlakatlarning barchasida yakuniy mahsulot aynan bir xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. 

Bu til maqsadlarni to‘g‘ri belgilashning eng aniq usuli sifatida ishlab chiqilgan. Undan 

deyarli barcha noaniqlik va ikkilanishlar butunlay chiqarib tashlanadi. 

 

Zamonamizning ko‘plab texnologik yutuqlari ushbu rivojlangan aloqa tizimisiz 



imkonsiz  bo‘lar  edi.  Biz  umumiy  tavsiflovchi  muloqot  tilisiz  kasalliklar  bilan 

kurashish, hosildorlikni oshirish, minglab millar masofalar bilan aloqa qilish, ko‘prik 

va  to‘g‘onlarni  qurish,  transport  tizimini  yo‘lga  qo‘yish  va  kiber  asrning  boshqa 

ko‘plab texlogik mo‘jizalaridan foydalana olmagan bo‘lar edik.  

 

Samarali ma’lumot almashishda umumiy semantikani qo‘llash va uni tushunish 



juda muhimdir. Semantikaga bir necha ta’riflarni berish mumkin. Qisqa qilib aytganda 

bu  tildan  to‘g‘ri  foydalanish  orqali  sifatli  ma’lumot  almashishni  yo‘lga  qo‘yishdir. 

Masalan, “arab”, “yahudiy” va “irland” so‘zlari turli qarashlarga ega bo‘lgan odamlar 

uchun turli xil ma’nolarga ega. Atrof-muhit va hayotiy tajribaning farqlanishi tufayli 

aynan bir so‘z boshqa ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin. Bunga “tushunish”, “vijdon”, 

“demokratiya”,  “haqiqat”,  “muhabbat”  va  shu  kabi  so‘zlarni  ham  kiritish  mumkin. 

Aniq so‘zlardan foydalangan holda tushunarli suhbat qurish uchun kishi gapirayotgan 

so‘zlari ostida nimalarni nazarda tutayotganini anglash juda muhimdir. Agar biror kishi 

uning so‘zlari odamlar uchun ma’noga ega bo‘lishini xohlasa, u holda o‘zi ishlatgan 

atamalarni tushuntirishi kerak bo‘ladi. Semantika – bu aloqa samaradorligini oshirish 




usullaridan  biridir.  Bu  mavzuda  Styuart  Cheysning  “So‘zlarning  hiyla-nayranglari” 

nomli ajoyib kitobi bor. 




Download 80.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling