Microsoft Word Документ Microsoft Word (2). docx


O‘z jamiyatimizni loyihalashda ilmiy uslublarni qo‘llay olamizmi?


Download 80.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi80.98 Kb.
#230704
1   2   3
Bog'liq
2 5206530300204551288

 

O‘z jamiyatimizni loyihalashda ilmiy uslublarni qo‘llay olamizmi?   

 

Ilm-fan qonunlarining kashf etilishi bizga ko‘plab vazifalarda yechim topish va 



uni  izlashga  imkon  berdi.  Agar  kimdir  konstruksiyaning  biror  elementi  kvadrat 

santimetri  ma’lum  miqdordagi  kilogramm  og‘irlikka  bardosh  berishini  da’vo  qilsa, 

ushbu da’vo sinov natijalari asosida tekshirilishi va shu asosda u qabul qilinishi yoki 

rad  etilishi  mumkin.  Bu  aynan  o‘sha  sinovlar  bo‘lib,  ularning  natijasi  asosida  biz 

ko‘priklar, binolar, samolyotlar va boshqa mexanik mo‘jizalarni quramiz. 

 

Jarrohlik amaliyoti, parvozlar yoki inshootlarni qurish bilan bog‘liq osmono‘par 



binolar,  ko‘priklar  va  mashinalar  haqida  gap  ketganda  deyarli  har  bir  kishi  ilmiy 

yondashuvni  afzal  ko‘radi.  So‘nggi  bir  asrda  gap  xavfsizlik  haqida  ketganda  biz 

sehrdan ko‘ra ko‘proq ilm-fanga murojaat qilish kerakligini bir ovozdan ma’qullaymiz. 

Nima uchun? Chunki, u aniq ishlaydi va uning ishlashini hamma biladi. 

 

Unda  nima  uchun  biz  o‘z  jamiyatimizni  qurishda  ilm-fanga  murojaat 



qilmaymiz?  Masalan,  shaharlar,  transport  tizimi,  qishloq  xo‘jaligi,  sog‘liqni  saqlash 

tizimini qurishda. Agar biz buni allaqachon qilyapmiz deb hisoblasangiz, u holda yana 

bir marta ularga nazar tashlang. Biror narsaning aniq ishlashi uchun ilm-fan zarur ekan, 

demak,  ehtimol  bizning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  hayotimiz  unchalik  ilmiy  ham  emas. 

Chunki, ko‘p narsalar aholi va ekotizim uchun yetarli darajada aniq ishlamaydi. Agar 

u  ishlagan  bo‘lganda  edi,  urushlar,  qashshoqlik,  ochlik,  uysizlar,  ifloslanishlar  va 

boshqalar bugungi kunda bunchalik dolzarb muammolar bo‘lmas edi. Afsuski, bizning 

jamiyatimiz tuzilishi umumiy global rejalashtirishni nazarda tutmaydi. 

 

Yangi  jamiyatni  yaratish  shartlaridan  biri  shuki,  yangi  jamiyat  sayyoraning 



potensial imkoniyatlaridan kelib chiqib yashashi kerak. Bu shuni anglatadiki, bizning 

resurslarimiz  sayyoraning  hamma  joylarida  hayotni  qo‘llab-quvvatlashi  kerak.  Bu 

albatta, ilmiy tahlil usullarini talab etadi.  



 

Agar odamni Oyga jo‘natmoqchi bo‘lsak, biz shunchaki raketani qurib va keyin 

uni  jo‘nata  olmaymiz.  Avvaliga  inson  tanasi  qancha  ortiqcha  yuklanishga  bardosh 

berishini  aniqlashimiz  kerak.  Biz  uni  sentrifugada  sinab  ko‘ramiz  va  qancha  G  ga 

bardosh  berishini  aniqlaymiz.  Uning  o‘tishi  kerak  bo‘lgan  yana  ko‘plab  sinovlar 

mavjud.  Masalan,  vaznsizlik  holatida  organizm  qanday  ishlashini  va  bu  sog‘liqqa 

qanday  ta’sir  ko‘rsatishini  aniqlaymiz.  Shuningdek,  bizga  Oyda  yashash  sharoitlari 

haqida  ma’lumotlar  kerak  bo‘ladi.  Masalan,  u  yerda  suv,  havo,  normal  harorat  va 

hakozolar mavjudmi yoki yo`q? 

 

Shuningdek biz sayyoramizga qarab quyidagi savolni berishimiz kerak: “bizda 



nima  bor?”.  Ushbu  aqlli  yondashuvni  qo‘llab  kelajakni  rejalashtirish  va  mavjud 

bo‘lgan  barcha  fanlardan  foydalanib  sayyorani  qutqarish  vaqti  keldi.  Biz  Yerdagi 

hayotimizda  ilmiy  uslublarni  e’tiborsiz  qoldirishimizni  zamonaviy  dunyodagi 

ma’nosiz azob chekishlar miqdori osongina tushuntiradi. Biz bunga qanday qilib yetib 

keldik?     

Tarjimonlar: Jumaniyazov Temur 

                      Sayfiyev Farruhjon                        



 

 

 



                           

                 

 

    


   

 

 



  

 

               



Download 80.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling