Microsoft Word Economic theory lecture 7


-rasm. Taklif egri chizig‘i


Download 163.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana19.10.2023
Hajmi163.3 Kb.
#1709649
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Economic theory - lecture 7 (1)

 
7.3-rasm. Taklif egri chizig‘i. 
 
Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va 
transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan 
qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga 
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki 
boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. 
Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi, ya’ni renta qanchalik 
oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi. 
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va 
boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi. 
7.3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati. 
 
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. 
Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar 
o‘zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tarilsa, ayrim 


vaqtlarda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan 
taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor 
muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni 
muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim 
mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga 
sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi. 
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini 
qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
Talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini 
hosil qilamiz (7.4-rasm):
T
b
=T
f
=N
m
=M
m

bu yerda:
T
b
- talab;
T

- taklif;
N
m
- muvozanatli narx;
M

- tovarning muvozanatli miqdori. 
R, 
700 
600 
500 
400 
300 
200 
100 

so‘m 
D ortiqcha ishlab chiqarish S
E
S taqchillik D
10 20 30 40 50 60 Q, tonna 

Download 163.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling