Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 o‘zgartirgan, shunday bo‘lgach, to‘xtashini kutmasa ham bo‘laverardi. Chol olis-olislarga qarar, biroq na bironta kemaning yelkanini, na tutuni va na korpusini ko‘rar edi. Faqat uchar baliqlargina dengizdan ko‘tarilib chiqishar va qayiq burnidan ikki tomonga sapchib, g‘oyib bo‘lishardi, yana suv o‘simliklarining bo‘ltaklari sarg‘ayib ko‘zga tashlanar edi. Hatto qushlar ham ko‘rinmasdi. U ikki soatdan beri quyruqqa yonboshlab olib, baliq go‘shtini og‘zidan qo‘ymay chaynab, tezroq hordiq chiqarib, kuch yig‘ishga harakat qilgancha, suzib borarkan, ikki akuladan birini ko‘rdi. — Ix!— kaftini mix teshib o‘tib, yog‘ochga kirib borayotganda, odam tilidan beixtiyor otilib chiqadigan, ma’nosi yo‘q so‘z, to‘g‘rirog‘i, un berdi chol. — Galanos 9 , — dedi u ovoz chiqarib. Chol, birinchi suzg‘ich ortidan ikkikchisining ham paydo bo‘lganini ko‘rdi va shu uch qirrali jigar rang suzg‘ichlardan, hamda dumining shitob bilan bilangla-shidan, bular kerik burun akulalar ekanini bildi. Ular baliq hidini tuyib, o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay qolishgan va ochlikdan tamomila o‘lar holatga kelib, ishtahani karnay qiluvchi bu hidni goh io‘qotib, goh yana topib kelishardi. Ular daqiqa sayin tobora yaqinlashar edilar. Chol yelkanni musti-metin qilib mahkamlab tashladi, rulni ham chuv qoqib qo‘ydi. Keyin u pichoq bog‘langan eshkakni ko‘tardi. Qo‘llari chidab bo‘lmas daraja-da og‘rib turganidan, uni avaylab, bir amallab ko‘tardi. Qo‘llarim jilla qursa bir ozgina yozilsin deb, barmoqlarini beto‘xtov chaqachum qilar edi. So‘ng qo‘llar butun og‘riqqa bira to‘la bardosh beradigan bo‘lib ko‘niksin, keyin yana ishdan bo‘yin tovlab yurmasin uchun eshkakni bor kuchi bilan changallab oldi va akulalarnnng yaqinlab kelishini kuzata boshladi. Chol ularning kerik burun, yapasqi boshlariyu, oq hoshiyali ko‘krak suzg‘ichlarini ko‘rib turardi. Bular — akulalar ichida zng palid, eng yaramas va eng sassiq baloxo‘rlari hisoblanardi: nafs tug‘yon urgan mahallarda ular, hatto qayiqning eshkagi bilan ruliga ham tashlanishdan toymas edilar. Agar toshbaqa dengiz yuzida mabodo pinakka keta qolsa, bunday akulalar uning oyoqlarini cho‘rt uzib ketishadi, juda ham ochiqqan mahallarida esa, hatto baliq qoni yoki shilimshig‘ining hidi kelmayotgan odamga ham suvda hujum qilisha-veradi. — Ix!—dedi chol.— Hay, mayli endi kela qolinglar, Ha, ular suzib kelishdi. Ammo ular makoga o‘xshab kelishgani yo‘q. Ulardan biri yalt-yult qildi- yu, o‘zini qayiq ostiga urdi. U baliqqa tashlanganda, qayiqning qanchalik qaltirab ketgani cholga ayniqsa bilindi. Boshqa biri bo‘lsa o‘zining qisiq sarg‘ish ko‘zlari bilan cholga shingrayib turdi, keyin og‘zini tarvaqay ochib, baliqning mako g‘ajigan yeriga o‘zini urdi. Cholga uning jigar rang boshi ustidan yelka tomoniga cho‘zilib o‘tgan, miya bilan umurtqa bir-biriga ulanib ketadigan joydagi chiziq aniq ko‘rinib turardi, u eshkakka mahkamlangan pichoqni xuddi shu yerga sanchdi. Keyin pichoqni sug‘urib olib, uni yana akulaning mu-shuknikiga o‘xshash sariq ko‘zlariga urdi. Akula jon talvasasida baliqdan ayrildi va og‘zida qolgan go‘shtni yo‘l-yo‘lakay qo‘ymay yutarkan dengiz qa’riga sirg‘alib ketdi. Qayiq hamon ikkinchi akulaning baliqqa bo‘lgan hujumidan qaltirab turardi. Chol akulani qayiq ostidan chiqarish uchun yelkanni yoyib, qayiqni ko‘ndalang aylantirib qo‘ydi. Akulani ko‘rgan hamono, u bort osha enkaydi va pichoq urdi. Pichoq akulaning laqqa go‘sht yeriga to‘g‘ri keldi-yu, ammo qattiq teri uning chuqur-roq kirib borishiga yo‘l qo‘ymadi. Zarbdan cholning qo‘llarigina emas, yelkalari ham sirqirab ketdi. Biroq akula komini suvdan chiqarib, yana baliqqa tashlandi, ana shunda chol uning yapasqi boshining qoq o‘rtasiga urdi. Tig‘ni sug‘urib oldi. Yana o‘sha yerga urdi. Akula hamon jag‘larinn mahkam qisgancha, baliqqa osilib turardi. Shundan keyin chol uning chap ko‘ziga pichoq sanchdi. Akula boyagi-boyagicha baliqni yubormasdi. — E, voy, hali shunaqami?—dedi chol aa pichoqni miya bnlan umurtqalar orasiga urdi. Hozir buning qiyin joni qolmagan edi. Chol mirtakni cho‘rt kesib yuborganini payqadi. Akulaning jag‘larini bo‘shatish uchun chol eshkakning boshqa tomonini aylantirib, uning og‘ziga tiqdi. U 9 Akulaning olachipor bir turi (isp.). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling