Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana16.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1679743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

 
Birinchi tamoyil (N.Stenon tamoyili) Yer po’sti kesmasida geologik 
tanalar (qatlamlar) shakllanishidagi ketma-ketlikni belgilaydi va ularning 
munosabatini vaqt toifasiga o’tkazadi (yoshroq—qariroq). Shu orqali geologik 
vaqt to’g`risidagi tushunchaga asos solinadi. Bir vaqtning o’zida bu tamoyil 
birinchi stratigrafik operatsiyani — har qanday kesmani tabaqalashni, undagi 
geologik chegaralarni asoslashni va stratigrafik tabaqalarni ajratishni 
ta’minlaydi. 
 
Ikkinchi tamoyil (T. Geksli tamoyili) bir-biridan uzoq joylashgan 
kesmalardagi paleontologik, litologik va boshqa ko’plab belgilarning ketma-
ketligini ochib beradi. T. Geksli tamoyili stratigrafik tadqiqotlarning ikkinchi 
operastiyasini — kesmalar va ularni tashkil etuvchi tabaqalar (geologik 
tanalar)ni taqqoslash imkoniyatini ta’minlaydi. 
 
Uchinchi tamoyil S. V. Meyen tomonidan taklif etilgan bo’lib, u turli 
fatsiyadagi 
yotqiziqlarni 
taqqoslash 
imkonini 
beruvchi 
hodisalarning 
xronologik o’zaro o’rinbosish tamoyili deb nomlangan. Turli fauna va flora 
guruhlari, litologik va paleontologik, geofizik va boshqa belgilar birligining 
o’zaro o’rinbosishi yordamida har qanday genezisdagi stratigrafik tabaqalar, 
turli iqlimiy mintaqalar, paleobiogeografik oblastlar planetar miqyosda 


12 
taqqoslanadi. Stratigrafiyaning bu tamoyili mintaqaviy stratigrafik jadvallarni 
ham o’zaro, ham Xalqaro stratigrafik jadval bilan bog`lash imkonini beradi. 
 
To’rtinchi tamoyil D. L. Stepanov va M. S. Mesejnikovlar tomonidan 
taklif etilgan va S. V. Meyen tomonidan to’ldirilgan. U —stratigrafik 
tabaqalarning 
stratotipik 
etalonlari 
noyobligini, 
fazo 
va 
makonda 
takrorlanmasligini bildiradi. Ulardan Xalqaro stratigrafik jadval ham, 
mintaqaviy va mahalliy shkalalar ham tarkib topgan bo’ladi. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling