46
9-rasm. Quyi va o’rta triasdagi geodinamik qayta tiklanishlar
(L.P.Zonenshayn, V.E.Xain bo’yicha).
Gondvananing parchalanishi o’ziga xos magmatik formatsiyalar bilan
belgilanadi (ishqoriy bazaltlar va trapplar).
Bular mazkur davrda Janubiy
Amerikada (Braziliya, Parana), G`arbiy Antarktidada, Hindistonda,
Shimoli-
sharqiy Afrikada (Namibiya, Angola, Tanzaniya) va boshqa hududlarda keng
tarqalgan.
Tinch okeanning atrofida esa qit’aning faol chetlarida tizmalar rivojlangan
va kengaygan (Sharqiy Osiyo va And-Kordilyera mintaqalari).
47
3. Yuqori bo’r-eotsen. Pangeya II ning uzil-kesil parchalanishi,
okeanlarning paydo bo’lishi. Hozirgi qit’alarning shakllanishi.
Pangeya
II
qit’asining
parchalanishi
nihoyasiga
yetadi.
Hosil
bo’lgan bir qator okeanlar hozirgi vaqtdagi ko’rinishga yaqin holatni egallaydilar.
Gondvananing kengayishi, Atlantika okeanining rivojlanishi davom etadi. Hind
okeanining ochilib borishi natijasida mustaqil Hind plitasi shakllanadi. Ayni shu
davrda mazkur jarayonlar bilan birga, Tetis havzalari qisqaradi va bo’rning oxiriga
kelib, umuman, bekiladi. Tinch okean havzasidagi spreding bilan bog`liq
bulgan
tizmalar bekilib, Shimoliy Amerika qit’asi okean tomon suriladi va sust
chekkalarning birinchi avlodini yaratadi. Natijada bu okean atrofi orollar yoylari,
vulkanik kamarlar bilan o’raladi.
Paleogendagi asosiy voqealar Shimoliy
Atlantikaning ochilishi, uning
markazida okean tizmasining paydo bo’lishi, Shimoliy Muz okeanining ro’yobga
chiqishi bilan belgilanadi. Tetis hududida esa Hindiston,
Yevrosiyo, Arabiston
qit’alarining to’qnashuvi avj oladi va ular o’rnida Alp-Himolay burmalangan o’lka
hosil bo’ladi. Shunday qilib,
eotsenda yangi okeanlar, burmalangan o’lkalar
hozirgi shakliga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: