Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


 Xalqaro stratigrafik jadvalning yaratilish tarixi


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/35
Sana16.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1679743
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

1.2 Xalqaro stratigrafik jadvalning yaratilish tarixi 
Xalqaro stratigrafik jadvalning yuqori tabqkalari (eratema, sistema, 
bo’lim) tabiiyligi haqidagi tushunchalar XVIII asrda, stratigrafiyaning 
boshlanish davrida paydo bo’lgan. Ammo u vaqtda tadqiqotchilar hali organik 
qoldiqlarning ulkan ahamiyatini tushunib yetmagan va jinslar tarkibiga
faunaning 
tarqalish 
xususiyatlariga, 
stratigrafik 
tanaffuslar 
va 
nomuvofiqliklarga tayanishgan. Ular tomonidan ajratilgan stratigrafik 
tabaqalar turlicha nom olgan, tarkibi va qalinligi bo’yicha har xil geologik 
tanalar — tog` jinslarining majmualaridan iborat bo’lgan. 
Eratema. Fanerozoyning uchga bo’linishi birinchi marta Germaniya 
kesmalarini o’rganish misolida A. Verner tomonidan taklif etilgan bo’lib, 
bunda 

birlamchi 
va 
oraliq 
(kembriy-devon) 
hamda 
flestli tog` jinslarini, birinchi suv qoplamasini (karbon-bo’r) va ikkinchi suv 
qoplamasini (uchlamchi) ajratgan. Kesmani qoplama jinslar yakunlagan. J. 
Fillips 1841-yili o’sha vaqtda organik qoldiqlarga ega bo’lgan barcha ma’lum 
qatlamlarni paleozoy, mezozoy va kaynozoy qatlamlariga bo’lishni taklif 
etgan. J. Fillipsning bu taklifi barcha tadqiqotchilar tomonidan qabul qilingan 
va hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 
Sistema, bo’lim. Yevropa kesmalari bo’yicha yig`ilgan ma’lumotlarni 
umumlashtirish orqali Omalius d'Allua 1831-yili A. Vernerning «birinchi suv 
qoplamasini» alohida sistemalarga bo’lgan. Ular qatorida quyi, o’rta va yuqori 


13 
peneen (perm), quyi, o’rta va yuqori keyper (trias), leyas va yura, 
quyi, o’rta va yuqori bo’r (bo’r) yotqiziqlari ajratilgan. 1839—1854 yillari 
karbon, devon, silur va kembriy sistemalari R. I. Murchison tomonidan 
ajratilgan. K. Nauman va M. Gerneslar tomonidan, uchlamchi davr 
yotqiziqlarining pastki qismi paleogenga va ustki qismi neogenga taalluqligi 
asoslangan.
Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmida Xalqaro stratigrafik 
jadvalning 
birinchi 
toifasi 
yaratilgan. 
Yirik 
toifalarni 
ajratishda 
tadqiqotchilarning tarixiy-geologik tamoyilga tayanganligi diqqatni jalb etadi. 
Bunda ajratilgan sistemalar, asosan, kontinental yoki laguna yotqiziqlari 
bo’lganligi sababli, ular tarkibida organik qoldiqlar yetarli bo’lmagan. Shuning 
uchun ham keyinchalik biostratigrafik asoslash boshqa mintaqalarning 
yotqiziqlari misolida amalga oshirilgan. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling