Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
30 nega usta bo'lib qolganining sirini ham aytib beraymi? — Qani, qani, eshitaylik. — Otasining jahli qo'zib qolganida u shartta qochib ketarkan. Keyin otasi tayoq bilan uni quvlarkan. O'g'iz qo'lga tushmaslik uchun daraxtga chiqib olarkan. Katta odamni ko'tarmaydigan ingichka shoxlar uni kaltakdan saqlab qolarkan. Shu tariqa u daraxtga chiqishni o'rganib olgan ekan. Mana, hozir inspektorning oldida tik turgan O'g'iz shu. Devorda uchta diagramma osib qo'yilgan. Odamning skeleti, bosh suyagi va oshqozon a'zolari tasvirlangan. — Buning nomi nima? — deb so'radi inspector skeletning bir joyini ko'rsatib. O'g'iz javob bermadi. — Bu suyak nima deb ataladi? O'g'iz yana churq etmay turaverdi. — O'mrov suyagi, —- shivirladi uning orqasida o'tirgan Mine. — O'm... o'm... o'mrov suyagi! — Hm... Unday bo'lsa bunisi nima? Inspektorning bu gapini eshitib, O'g'iz taraddudga tushdi. Yanglishgan ekanman, o'mrov suyagini endi so'rayapti, deb o'yladi shekilli, yana: — O'mrov suyagi, — deb javob berdi. Inspektor bu gal tizza kosasiga ishora qildi: — Xo'sh, bunga nima deyiladi? O'g'iz bechora butunlay gangib qoldi. — O'm... o'm... o'mrov suyagi! — Ha, bu-chi? — darg'azab bo'lib so'radi inspek tor. Endi u narigi diagrammadagi bo'yin tomirlarini so'ragan edi. — O'mrov suyagi, afandim! O'g'iz chalkashib ketdi. Oldinga aytganim xato bo'lsa kerak, o'mrov suyagini endi so'rayapti, degan xayolda hamma so'raganlariga bir xil javob beraverdi. Gap chiqishi ham nihoyatda qiyin, shuning uchun qora terga tushib ketdi. Endi inspektorning o'zi ham duduqlana boshladi. — Ju... ju.. juda soz. Buning nomi nima? — O'm... o'mrov suyagi. Inspektorning qoni qaynab ketdi. — He, bo'ldi, insof bilanda axir! Odamning tanasida o'mrov suyagidan boshqa narsa yo'qmi?! Bor, joyingga o'tir! Keyingi kunlarda senga aytib berishga arziydigan voqea faqat shu. Bundan oldingi xatimga sendan haligacha javob kelgani yo'q. Nima, chindan ham yotib qoldingmi? Javob kutaman. Ahmad Tarbay. Download 437.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling