Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
61
grafinni dasturxonga to'kib yubordim. Dadam: 
— Kap-katta yigit bo'lib qolgan bo'lsang ham, haligacha suv quyishni bilmaysan-a, — deb koyib 
berdi. Latta bilan stolni artmoqchi bo’lib, o'ziyam salat to'la laganchani ag'darib yubordi. 
— Kechirasiz, kostyumga tegmadimi? — mehmondan so'radi oyim shoshma-pisha uning oldiga 
kelib. 
Tarki odat — amrimahol, degandek Fato'sh yana sho'rvasini to'kib yubordi. Oyim uni urishib 
bergan edi, bechora: 
— Axir, o'zingiz turtib yubordingiz-ku, — deb uvvos tortdi. 
— Bularingga ovqatni boshqa joyga suzib ber, deb aytdim-ku senga, — jerkib tashladi dadam. 
— Yum og'zingni, mehmonning oidida yigiasa ayb bo'ladi. 
Oyim buni sekin gapirgan bo'lsayam, hammamiz eshitdik. Fato'sh mehmon oidida yig'lab 
bo'lmasligini tushunib, darrov jim bo'ldi-yu, ammo anchagacha o'pkasini bosolmay hiqillab o'tirdi. 
Oyim hammaning tarelkasiga go'sht solib bermoqchi bo’ldi. Mehmon ham tarelkasini tutdi. Ammo 
o'zi dadamga o'girilib, nimanidir tushuntirayotgan edi. Oyim katta qoshiqdagi bir bo'lak go'shtni endi 
solaman deganida u tarelkani toprib oldi. Go'sht shalop etib stoldagi murabboga tushdi. 
— Voy sho'rim, nima qilib qo'ydim! — chinqirib yubordi oyim. 
Hammamiz esankirab qolganimizdan stol ayqash-uyqash bo'lib ketdi. 
Dadam boyadan beri tuzning o'rniga ovqatiga qalampir sepib o'tirgan ekan, birdan buni payqab 
qolib, fig'oni oshdi: 
— Tuzliq qani? Qirg'in keldimi unga?!
Azbaroyi gangib qolganidan oyim tuzliqning o'rniga dadamga gorchitsaning uzatib yubordi. Darhol 
stoldan tuzni olib berdim. Dadam tuzliqni olib qattiq silkitib yuborgan edi, qopqog'i bilan ichidagi 
hamma tuzi oshga tushdi. 
Bora-bora oyim gapidan ham adashib qoldi. Bir payt u hech narsadan hech narsa yo'q, 
mehmonga qarab: 
— Qalay yuribsiz, afandim?— deb qolsa bo'ladimi! 
— Labbay, xonim? — hayron bo'ldi mehmon. Oyim sal o'ziga keldi. 
— Ovqatni aytyapman, afandim? Yoqdimi sizga? 
— Qoiingiz dard ko'rmasin, juda shirin bo'pti. To'satdan Fato'sh: 
— Oyi, tomog'imga bir nima tiqilib qoldi, — deb yubordi. 
Oyim bir qoii bilan uni orqasiga urib, ikkinchisida suv uzatdi. 
Dadam bizga pichoq o'ng qo'lda, vilka esa chap qoida turishi kerak, deb tayinlab qo'ygan edi. 
Lekin nechog'lik harakat qilmay, hecham uddasidan chiqolmadim. Oxiri o'zimga o'ng'ayini qildim — 
vilkani o'ng qoiga olib, ovqatimni yeyaverdim. Dadam o'zi aytganday qilib pichoqni o'ng, vilkani esa 
chap qoida tutgan holda tarelkasidagi go'shtni kesmoqchi bo’ldi. Go'sht pichoqdan qochdi shekilli, bir 
sakrab stoldagi apelsinlarning ustiga chiqib oldi. Lekin haliyam o'zim durust ekanman — ovqat 
paytida ko'pam xijolat bo’lganim yo'q. Dasturxondan turayotib, bu mash-mashaning tugaganiga 
xursand bo’lganimdan chuqur uh tortib qo'ydim. 
Ovqatdan keyin mehmon qahva ichib o'tirgan edi, to'satdan menga o'girilib: 
— Nechanchi sinfda o'qiysan, jiyan? — deb so'rab qoldi. 
— Afandim, beshinchida o'qiyman, afandim, — deb tutilmay javob berdim. 
«Afandim» so'zini tirkab, oyim bilan dadamni rozi qildim chamamda. Sekin ikkovlariga qarab 
qo'ydim. Jilmayib o'tirishgan ekan. 
— Xo'sh, necha yoshdasan? 
— Afandim, o'n birga chiqdim, afandim. 
— Katta bo'lganda kim boimoqchisan? 
— Afandim, yozuvchi bo'laman, afandim. 
— Barakallo... 
Oyimning labi qimirlagandek bo'ldi. Rahmat aytish esimdan chiqibdi, shuni shipshitayotganini 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling